"Sulaymon Boqirg'oniy "
Sulaymon Boqirg'oniy (?-1186). Samarqandning Boqirg’on qishlog’ida tavallud topgan. Bolalik yillari shu yerda o’tgan, dastlabki xat-savodni shu yerda olgan. U islom dini tariqati, shariat qonunlari, Qur’oni Karimni puxta o’rganadi, tasavvufning sir-asrorlarini o’rganadi. Ustozlari: Ahmad Yassaviy. Boqirg’oniy she’riy yo’nalishda ijod etgan. Uning asarlarida inson kamoloti va ma’naviy yetukligi to’g’risidagi mulohazalar ilgari suriladi. Ilmu ma’rifatning so’nggi manzili haqiqat bo’lib, unga tahsil bilan erishgan kishi axloqiy poklikka va ma’naviy yetuklikka erishgan komil inson hisoblanadi, deb ta’kidlaydi. Mutafakkir ijodida ilgari surilgan insonparvarlik, barkamollik, insofli, diyonatli bo’lishga undovchi, inson ma’naviy-ruhiy pokligi xususidagi mulohazalari yoshlarni axloqiy jihatdan yuksaltirish, ularda axloqiy fazilatlarni rivojlantirishga yordam beradi. |