"Pestalossi"

Pestalossi (1746-1827). To’liq ismi – Iogann Genrix Pestalossi. U vrach oilasida tug’ilgan, juda yoshligida otasidan ajralgan, onasi tarbiyasida qoldi. Ta’til vaqtida bobosinikiga borib, dehqonlarning og’ir hayotini ko’radi va xalqqa rahmdil bo’lib o’sdi. Avval boshlang’ich maktabda, so’ngra lotincha maktabda o’qidi. Asarlari: «Lingrad va Gertruda», «Gertruda o’z bolalarini qanday o’qitdi», «Kuzatish alifbesi», «Oqqush qo’shig’i» kabi asarlarni yozib qoldirgan. Tarbiyaning asosiy vazifasi – kelgusida ijtimoiy hayotda qatnashib foyda yetkaza oladigan va hamma jihatlari uyg’un bo’lib kamol topgan insonni yetishtirishdir, deb biladi Pestalossi. Uning ta’kidlashicha, bolaning axloqi oilada shakllanadi, bolaning onaga bo’lgan muhabbati asta-sekin oiladagi boshqa a’zolariga ham o’tadi. Ta’lim jarayonida olimning pedagogik qarashlaridan namunalar keltirish natijasida talabalarda mehr-oqibat, insoniylik kabi yuksak axloqiy fazilatlarni yuksaltirish mumkin.