Polvonniyoz Hoji Yusupov (1863- 1936) o'z xalqining taraqqiyotparvar siymolaridan. Xiva jadidlari va
partiyasining rahbarlaridan bir Polvonniyoz Hoji Yusupov 1863 yili Xiva shahrida savdogar oilasida tug'ilgan. 1871 yilga qadar ota - onasining ular vafotidan keyin esa amakisi Yusufboyning qo'lida tarbiyalangan. 13 yoshida eski maktabda o'qib, savod chiqargan. Maktabni tugatgach, savdo ishlari bilan shug'ullangan. Polvonniyoz 1877 yilda amakisi bilan Moskvada bo'ldi. Keyinchalik 1885 yilda jadid maktabini tugatadi. U arab, fors va rus tillarini yaxshi bilgan. 1904 yilda Turkiya, Misr, Suriya mamlakatlarida va Makka shahrida bo'ladi. Polvonniyoz 1917 yil 4 - aprelda Xiva xoniga taqdim etilgan davlat boshqaruvda islohatlar o'tkazish to'g'risidagi manifestlarning tuzuvchilaridan biri edi. Xiva xonining jadidlariga qarshi siyosati natijasida 1918 - 1920 yillarda 30 - aprelda Xorazm Xalq Sovet Respublikasi nozirlar kengashi raisi lavozimiga tayinlandi. 1926 yil 10 yanvarda Xorazm viloyati ijroiya qo'mitasi raisining xo'jalik bo'yicha o'rinbosari bo'lib ishlaydi. Keyinchalik Ichanqal'a muzeyida xizmat qiladi. Polvonniyoz Yusupov 1936 yilda vafot etadi |