"To'lagan Xo'jamyorov - Tavallo"

To'lagan Xo'jamyorov - Tavallo (1882 - 1937) XX asr boshlari Toshkent adabiy muhitining ko'zga ko'ringan namoyandalaridan edi. U 1882 yili Toshkentning Ko'kcha dahasiga ziyoli oilasida tug'ilgan. Avvalo eski maktabda, so'ng Beklarbegi madrasasi tahsil oladi. Bu davrlarda Toshkent adabiy hayotining markazlaridan bir edi. Tavallo shu yerda Karimbek Kamiy, Miskin, Xislat, Yusuf Sariyomiy kabi zamonasining atoqli shoirlari bilan tanishadi. Ayniqsa Yusuf Sariyomiy bilan yaqin aloqaga kirishib uning o'zining piri, ustozi sifatida e'tirof etadi. deb tahallus olishi ham mazkur ustoz da'vati bilan bo'ladi. Tavallo o'zi yashab turgan voqyelik mohiyatini, Turkistonning chor istibdodi ostida huquqsiz, zabun bir qismatga mahkum ekanligini anglagan pallada, ya'ni, 1905 yillardan boshlab jadidchilik harakatlariga qo'shiladi. Bu harakatning barcha muhim jabhalarida ishtirok etadi. Xususan, milliy matbuotimizning ilk namunalari hisoblangan , , , gazetalarida uning she'r va maqolalari muntazam chiqib turadi. 1914 yil avgustida toshkentlik taraqqiyotparvar yoshlar tomonidan tashkil etilgan shirkati muassislari qatorida To'lagan Xo'jamyorov nomi ham uchraydi. 1913 yilning o'rtalarida Toshkentda birinchi milliy teatr truppasi faoliyat boshlaydi. 1914 yilning 27 fevralida teatr binosida namoyish etilgan spektakli shu truppaning ilk milliy teatr tomoshasi edi. Tavvalo bu harakatning tashkilotchilari va jonkuyarlari qatorida ko'rinadi. Ana shu voqyeaga bag'ishlab maxsus she'rlar yozadi. 1916 yil Tavallo o'zining matbuotda e'lon qilingan va bosilmagan she'larini to'plab nomi bilan chop ettiradi. To'plamda 70 ga yaqin she'r jamlangan bo'lib, ularning barchasi ma'rifatparvarlik ruhi bilan yo'g'rilgan. Tavvalo 1917 yil oktyabr to'ntarilishidan so'ng turli idoralarda ishladi. jurnalida hajviy she'rlar bilan faol ishtirok etdi. Shoir 1937 yili ko'plab safdosh hammaslaklari qatori haqsizlik qurboni bo'ldi. Hibsga olinib, qamoqda vafot etdi. Tavvalo qabrining qayerdaligi noma'lum.