"Al-Axsikatiy"
Al-Axsikatiy (1073-1134). To’liq ismi – Abu Rashod Ahmad al-Axsikatiy. Farg’ona vodiysining Axsikat shahrida tug’ilgan. U yoshligidan ilm-fanga qiziqib, arab, fors, yunon tillarini qunt bilan o’rgangan. Boshlang’ich ta’limni Axsikatda oladi, so’ng Marvga borib o’qiydi. Al-Axsikatiy «Fazllar egasi» unvoni bilan el o’rtasida mashhur bo’ladi. U Marvda adib, shoir, kotib, yozuvchi va sultonlar devonida munshiy bo’lib ishlagan. Ustozlari: Abu Qosim Mahmud as-Sufiy, Abu Muzaffar as-Sa’noniy. Shogirdlari: U madrasalarda mudarrislik qilib ko’plab shogirdlar yetishtirgan. Asarlari: «Tarix kitobi», «Ularning so’zlari haqida kitob», «Qo’shimchalar kitobi» kabilar. Abu A’lo al-Maariyning «Chaqmoq toshdan chiqqan uchqun» asariga sharh yozib, tilshunoslikka oid fikrlarini bayon etadi. |