"Beruniy"

Beruniy (973-1048). To’liq ismi – Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy. Amudaryo qirg’og’idagi Kot shahar yaqinida tug’ilib o’sadi. Shu yerda boshlang’ich bilimni oladi. U ota-onasidan erta judo bo’lgan. Yoshligidanoq tabiiy va ijtimoiy fanlarni o’rganishga kirishdi. Til o’rganishga katta ahamiyat berdi. Yunon qo’shnisidan turli narsalarning nomlanishini so’rab yunon tilini o’rgangan. Ustozlari: Abu Nasr ibn Ali ibn Iroq, Ali Sahl al-Masixiy. Asarlari: «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar», «Geodeziya», «Hindiston», «Mineralogiya», «Tibbiyotda dorishunoslik», «Yulduzshunoslikda boshlang’ich ma’lumotlarni anglash», «Qonuni Mas’udiy». Olim 152 ta kitob yozgan, shundan bizgacha 31 tasi yetib kelgan. Olimning fikricha axloqiylik komillikning eng muhim mezonidir. Lekin bu xislat birdaniga tarkib topmaydi. U kishilarning o’zaro muloqoti, ijtimoiy muhit – jamiyat taraqqiyoti jarayonida tarkib topadi. U «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» asarida shunday yozadi: Yaxshilik xislatlari: taqvodorlik, to’g’rilik, odillik, insof, kamtarlik, lutf, sobitqadamlik, ehtiyotkorlik, sahiylik, shirinsuhanlik, siyosat va boshqarish ishlarida bilimdonlik, tadbirkorlik. To’g’ri taxmin qila bilish va bulardan boshqa aqlga sig’maydigan, kishi bayon etib tugata olmaydigan (yaxshi) sifatlardan iboratdir. Yomon illatlarga esa hasadgo’ylik, baxillik, o’z manfaatini so’zlash, mansabparastlik kabilarni kiritadi. U insonning ma’naviy qiyofasidagi barcha axloqiy xislatlarni yaxshi va yomonga bo’ladi. Beruniyning pedagogik ijodida inson va uning baxt-saodati, ta’lim-tarbiyasi, kamoloti bosh masala bo’lgan.