"Zahiriddin Muhammad Bobur"

Bobur (1483-1530). To’liq ismi: Zahiriddin Muhammad Bobur. U 1483 yil Andijonda tug’ilgan, o’sha davrda uning otasi Umar Shayx Mirzo Andijon hokimiedi. Otasidan 11 yoshida yetim qoladi va 12 yoshida taxtga o’tiradi. U Saroy muhitida tarbiyalandi, o’qidi, yoshligidan ilmga, she’riyatga berildi. Dovyurakligi, jasurligi, epchilligi tufayli uni «Bobur», ya’ni «Yo’lbars» deb atadilar. Ustozi va piri: Xoja mavlonoyi Qozi Abdulloh. Asarlari: Boburning eng yirik asari «Boburnoma»dir, u qomusiy xarakterdagi asar bo’lib, tarix, geografiya, botanika va boshqa fan sohalariga oid ma’lumotlar berilgan. Bundan tashqari Bobur o’g’li Humoyun Mirzoga atab musulmonchilik qoidalari va qonunshunoslikka bag’ishlangan, davlatni boshqarish va zakot qonun-qoidalari to’g’risida «Mubayyin», arab alifbosining islohiga oid «Xatti Boburiy», aruz vazni va qofiyaga oid «Mufassal», «Risolai volidiya», «E’tiqodiya» kabi asarlar yaratgan. Shoh va shoir o’z yurtidan yiroqda hayot kechirganligi bois uning hayotida Vatan tuyg’usi, Vatan sog’inchi, Vatan qayg’usi ustunlik qildi, u umr bo’yi o’z vataniga talpinib yashadi. Bobur ijodida haqiqiy barkamol inson timsoli madh etiladi, ulug’lanadi. U doimo inson qadr-qimmatini yuqori tutadi, insonlarni kamtarlikka, halollikka, poklikka undaydi. Bobur ijodiy merosidan ta’lim jarayonida foydalanish orqali, avvalo talabalarni vataparvarlik ruhida tarbiyalash mumkin hamda ularda insonparvarlik, kamtarlik, imon-e’tiqod kabi axloqiy fazilatlar yuksaltiriladi.