"Gelvesiy"

Gelvesiy (1715-1771). To’liq ismi – Klod Andrian Gelvesiy. Asarlari: «Aql to’g’risida» (1758), «Odam, uning aqliy qobiliyatlari va uni tarbiyalash to’g’risida» (1773 yil nashr etildi). Gelvesiyning fikricha, tarbiyaning birdan-bir maqsadi – butun jamiyaning baxt-saodatli bo’lishiga intilish. Hamma odamlar ilm olishga bab-barobar layoqatlidirlar, chunki ular bir xildagi ma’naviy qobiliyatlarga ega bo’lib tug’iladilar. U doimo odamlarning tabiiy tengligini da’vo qilgan.