"Is’hoqxon To’ra Ibrat"
Is’hoqxon To’ra Ibrat (1862 - 1937) ma’rifatparvar shoir, zabardast tilshunos, tarixshunos olim, ilk o’zbek matbaachilaridan bo’lib, 1862 yilda Namangan yaqinidagi To’raqo’rg’on qishlog’ida tug’ilgan. Dastlabki ma’lumotni eski maktabda, so’ngra onasining qo’lida oladi. Keyinroq Qo’qonga borib madrasaga o’qishga kiradi. Is’hoqxon Ibrat 1886 yilda madrasani tugatib, To’raqo’rg’onga qaytib keladi. U o’z faoliyatini pedagog sifatida qishloqda ma’rifat tarqatishdan boshladi. O’sha yili eski mahalliy maktablardan ancha farq qiluvchi yangicha maktab ochadi. Is’hoqxon Ibrat 1887 yilda sarafaga otlanadi. So’ng u Sharq mamlakatlari bo’ylab sayohatni davom ettiradi. Yevropaning Istanbul, Sofiya, Afina, Rim kabi markaziy shaharlarda bo’ldi, ancha vaqt Jidda shahrida istiqomat qiladi, Bombey va Kalkuttada yashaydi. Is’hoqxon u yerlarda ishlatiladigan arab, fors, hindu, urdu va ingliz tillarni mukammal o’rganadi. U 1896 yilda o’z vataniga qaytib keldi. 1901 yilda «Lug’ati sitta alsina» asarini bosmadan chiqaradi. Mazkur lug’at jadid maktablarida sharq va rus tillarini o’rganishda birdan-bir qo’llanma sifatida foydalanib kelindi. Is’hoqxon Ibrat 1912 yilda yozuvlar tarixiga bag’ishlangan «Jome’ ul - xutut» («Yozuvlar majmuasi») asarini yaratdi va o’z matbaasi «Matbaoi Is’hoqiya» da bosmadan chiqardi. Ibrat chin qalbdan o’z xalqining ilmli, ma’rifatli bo’lishini istadi. Keyingi 20 yil ichida 14 ta ilmiy tarixiy, lingvistik asar yozdi. 30 yillik poetik ijodining majmui bo’lishi «Devoni Ibrat» she’lar to’plamini tuzdi. Tarixshunoslikka oid «Tarixi Farg’ona», «Tarixi madaniyat» va «Mezon uz - zamon» ilmiy asarlarini yaratdi. Ibratning so’nggi yillardagi hayoti ancha tahlikali o’tdi. 1935 yildan e’tiboran hamma lavozimlardan olib tashlandi. 1937 yilning aprel oyida 75 yoshli keksa shoir va ma’rifatparvarni hibsga oladilar. Ibrat Andijon turmasida vafot etadi. Is’hoqxon Ibrat qabrining qayerdaligi noma’ulm. |