"Najmiddin Kubro"

Najmiddin Kubro (1145-1221). To'liq ismi - Ahmad ibn Umar Abul Jannob Najm-ad-din al Kubro al Xevaqi. Boshlang'ich va madrasa ta'limini xorazmda oladi. So'ngra Misr va Eronda tahsil oladi. Misrda - shariat, tariqat va haqiqat ilmlarini o'rganadi. Ustozlari: Ro'zixon al-Vazzan al-Misriy, Abu Mansur Haf, Bobo Faraj, Ammo Yasir, Ismoil Kasriy. Shogirdlari: Majididdin Bag'dodiy, Fariruddin Attor, Bahouddin Valand, Sa'daddin Hamaviy, Bobo Kamol Jondiy, Shayx Roziyaddin Ali Lola, Najmiddin Roziy kabilar. Asarlari: Mutafakkir qalamiga mansub asarlar 8 ta bo'lib, shundan Qur'on sharhiga bag'ishlangan tafsir - va shogirdlariga pand-nasihatlaridan iborat () risolalari hamda 25 ta ruboiysi bizgacha yetib kelgan. Kubro butun Sharqda - avliyolar tarbiyalab yetishtiruvchi mo'tabar shayx va mudarris sifatida shuhrat qozondi. Mutafakkir ijodidagi asosiy g'oya komil insonni tarbiyalash, odamni halokatga boshlovchi nafs, xusumat, nifoq, gumon kabi yomon fe'l-atfordan xolos bo'lib faqat yaxshi ishlar qilishga, ruhiy poklikka chorlashdan iboratdir. Bu talabalar axloqiy tarbiyasida muhim o'rin tutadi.