"Ogahiy"

Ogahiy (1809-1874). To'liq ismi - Muhammad Rizo Erniyozbek o'g'li Ogahiy. U 1809 yili Xiva shahri yaqinidagi Qiyot qishlog'ida tug'iladi va 3 yoshligida otasidan yetim qolib, tog'asi Shermuhammad Avaz o'g'li Munis tarbiyasida bo'lib, xat-savod chiqaradi. So'ngra Xivadagi madrasada tahsil oladi, fors, arab tillarini o'rganadi. O'z zamonasining olim va shoirlari bilan yaqindan muloqotda bo'ladi. Asarlari: ( ) nomli devon yaratgan. Ogahiy tarjimonlik bilan shug'ullanib, Sharq xalqlarining yetuk mutafakkir shoir-yozuvchilarning mashhur tarixiy, badiiy, falsafiy-axloqiy asarlarini o'zbek tiliga tarjima qiladi. U o'z devonida yaxshilik, olijanoblik, mehmondo'stlik, poklik, to'g'rilik, himmat, shijoat, mardlik, g'ayrat, saxovat, iffat, hayo, vafo, muruvvat, qanoat kabi xislatlarni targ'ib qiladi hamda dilozorlik, nodonlik, johillik, munofiqlik, yolg'onchilik, xiyonat, hasad, g'iybat, tanballik, tekinxo'rlik, xasislik kabi illatlarni qoralaydi. Adibning ijodiy merosini axloqiy tarbiyada ma'naviy asos deb hisoblashimiz mumkin.