"Platon"
Platon (er.av. 427-347). Ustozi – Suqrot. Ta’limoti: «Siyosat» asarini yaratgan. U «ideyalar dunyosi» birlamchi, his qilinadigan narsalar dunyosi ikkilamchi, deb hisoblagan. U g’oyalarni o’zgarmas abadiy deb bilgan. Davlatni mustahkamlash va yuksak g’oyalarni amalga oshirishning birdan-bir vositasi tarbiya ekanligini qayd qilgan. Platon tarbiyaning maqsadi faylasuf va jangchilarga xizmat qilish ekanligini nazarda tutib, o’ziga xos pedagogik tizim yaratdi. Unga ko’ra bolalar 3 yoshgacha – davlat nazorati ostida, 3 yoshdan 7 yoshgacha – maxsus bolalar maydonchalarida maqsadga yo’naltirilgan turli o’yinlar orqali tarbiyalangan. 7 yoshdan 12 yoshgacha boshlang’ich maktabda o’qish, yozish, hisob, musiqa ilmini o’rgangan. 12 yoshdan 16 yoshgacha – gimnastik maktab – palestrada, 16 yoshdan 18 yoshgacha – arifmetika, geometriya, falakiyot o’rgangan. 18 yoshdan 20 yoshgacha efeblar maktabida harbiy tayyorgarlikka o’rgatilgan, 20 yoshdan keyin yigitlarning iqtidoriga qarab, harbiy xizmatga yoki ta’limning 3-bosqichida ta’lim olganlar. |