"Muslihiddin Sa’diy"
Muslihiddin Sa'diy (1184/1193/1204-1291/1292 tug’ilgan va vafot etgan yili haqida turlicha ma’lumotlar bor). Eronning Sheroz shahrida tug’ilgan. Otasidan yosh yetim qoladi. Boshlang’ich ma’lumotni Sherozda olgach, Bag’dodga ketadi va u yerda «Nizomiya» madrasasida o’qiydi. Sa’diy madrasada arab grammatikasi va adabiyoti, fors adabiyoti, Sharq falsafasi va boshqa fanlarni o’rganadi. Madrasani bitirgach, sayohat qiladi. Ustozlari: Abulfaroj Abdurahmon ibn Jazviy. Asarlari: Sa’diyning barcha asarlari 19 bo’limdan iborat kulliyotida to’plangan. Keyinchalik bu kulliyotni qayta tuzib, g’azal va boshqa mayda she’rlarni radifi va qofiyasiga qarab 4 devonga kiritilgan. Sa’diyning ta’limiy-axloqiy qarashlari ifodalangan asarlari «Bo’ston» (1257) va «Guliston» (1258) asarlaridir. Shoir ijodida adolatli hukmdor, uning axloqiy xislatlari haqida, aqliy, axloqiy va jismoniy tarbiyaga oid o’git-nasihatlar berilgan. Axloqiy tarbiyaga alohida e’tibor berilgan bo’lib, insoniylik, saxovat, qanoat, adolat kabi xisatlar ulug’langan. Bu yoshlar axloqiy tarbiyasida muhim o’rin tutadi. |