"Muso Saidjonov"

Muso Saidjonov (1893-1937) buxoro jadidchiligining yirik namoyondalaridan va taraqqiyot yo'lida milliy harakatning faol qatnashchilaridan biri. Muso Saidjonov 1893 yili Buxoro shahrida savdogar oilasida tug'ilgan. Mirarab madrasasini bitirib, Kogondagi rus - tuzem maktabida o'qigan. M. Saidjonov ilmga qiziqib, arab, fors, turkiy tillar, adabiyot, tarix va geografiya bilan jiddiy shug'ullanadi. 1913 yildan jadidchilik harakatiga qo'shilib, 1917 yildan partiyasining tashkilotchilaridan biri bo'ladi. Partiya markaziy qo'mitasining a'zosi etib saylangan. Lekin Muso Saidjonov tabiatan inqilobiy harakatlarga qarshi bo'lib, islohatlarni tadrijiy yo'l bilan o'tkazish tarafdori edi. Shuning uchun ham u 1917 yil Buxorodagi jadidlar tomonida uyushtirilgan namoyishga qarshi bo'lgan. Amir bilan jadidlar o'rtasidagi muzokaralarda qatnashgan. Muso Saidjonov o'zbek xalqi o'zgacha milliy taraqqiyot yo'lidan borishiga ishongan. Uning siyosiy qarashlari kommunistik mafkuraga zid bo'lgan, shuning uchun 1920 yilda yosh buxoroliklarning kommunistik yo'nalishdagi guruhga kirmagan. Keyinchalik siyosatdan uzoqlashib, maorif sohasida faoliyat ko'rsatgan. Muso Saidjonov umrining oxirigacha ilmga sadoqatli bo'lgan va O'zbekistondagi tarix fani bo'yicha yirik olim va birinchi professorlardan edi. Uning safdoshlari Saidjonovni zehni baland, zakovati yuksak, madaniyatli pokiza axloqli inson sifatida bilishgan. U 1935 yilda o'zbek olimlaridan birinchi bo'lib sharqshunoslikning III kongressida qatnashadi. Uning ilmiy asarlari tarixning eng muhim davri o'rta asarlar arxitektura yodgorliklari va nodir qo'lyozmalarni tadqiq etishga bag'ishlangan. O'zbek milliy ziyolalarining ko'zga ko'ringan vakili sifatida totalitar tizimning jadidchilik tarixini buzib ko'rsatganiga qarshi chiqqani, o'zbek davlatchiligi tarixiga holisona yondoshgani uchun u 1937 yilda qatog'on qilingan. Muso Saidjonov qabrining qayerdaligi noma'lum.