"Muhammad Sharif So’fizoda"

Muhammad Sharif So’fizoda (1869 - 1937). Ma’rifatparvar ziyoli, shoir Muhammad Sharif So’fizoda o’zbek madaniyati tarixida yorqin iz qoldirgan zotlardandir. Muhammad Sharif Egamberdi o’g’li 1869 yil 29 yanvarda Chustda tug’ilgan, uning otasi Manzura Otinda savod madrasada ta’lim oldi. Qo’qon adabiy muhitining mashhur shoirlari Muqimiy, Muin, Zavqiy, Nodim Namangoniy bilan yaqin munosabatda bo’ldi. Bo’lajak shoir dastlabki she’rlariga Muqimiy tavsiyasi bilan «Vaxshiy» taxallusini qo’lladi. So’fizoda 1893 yilda ona shahri chustda boyliklarni, chor amaldorlarini, mutassiblarni hajv qiluvchi she’rlar uchun «badosi», «beodob», «daxriy» deb ayblanadi va o’limga hukm etiladi. Shoir o’z Vatanini tark etishga, 14 yil turli joylarda isqomat qilishga majbur bo’ladi. So’fizoda 1900 - 1913 yil O’rta Osiyoning turli shaharlarida Tiflis, Boku, Arabiston, Hindiston, Turkiyada bo’ladi. U qayerda yashamasin Toshkent, Kavkav, Qrim, Orengburg, Turkiyada chop etilgan gazetalar bilan aloqasini uzmadi. Uning maqolalari she’rlari «Turkiston viloyati gazetasi»da, «Sadoi Turkiston», «Sadoi Farg’ona» gazetalaridan muntazam chiqib turadi. 1913 yilda So’fizoda chet el safarida Chustga qaytib keladi va usuli jadid maktabini ochadi. Kamarzoda qishlog’ida yetim bolalar uchun «Dorul oytom» («yetim uyi») va kattalar uchun kechki maktab tashkil qiladi. Bu maktablarda ona tili handasa kabi fanlarni o’qitdi. 1914 yilda So’fizoda Turkiston miqyosida hukum surayotgan ijtimoiy – siyosiy, ma’naviy tanazzulni fosh etuvchi «Chustlar bizlar» she’rini e’lon qiladi. She’r boshidan oxirigacha «Usuli qadim» chilariga muaassiblarga nisbatan achchiq kinoya, asar qahramonlarining o’zini – o’zi fosh etish usulida yozilgan edi. Unga biirnchi «O’zbekston xalq shoiri» unvoni berilgan. So’fizoda Sho’rolar hukumati davrida ham xalqiga chin dildan xizmat qilaveradi va adabiy va ijodiy, pedagogik faoliyat bilan shug’ullanadi. 1937 yil «Xalq dushmani» deb e’lon qilinib qamoqqa olinadi va Andijon turmasida vafot etadi.