"At-Termiziy"
At-Termiziy (824-892). To’liq ismi: Abu Iso Muhammad ibn Iso ibn Saara at-Sulami al-Bug’iy at-Termiziy. U 824 yili Termiz yaqinidagi Bug’ qishlog’ida dunyoga keladi va bolaligidan ilmga qiziqqan, ayniqsa, hadis ilmini chuqur egallagan. U yoshligidan hadislarni to’play boshlagan va bu yo’lda ko’plab hadis ilmi olimlari bilan muloqotda bo’lib, ularning suhbatini olgan. Hijoz, Makka, Madina, Iroq, Xurosonda bo’lib hadis ilmi, fiqh, ilmi al-qiroat, bayon tarix va boshqa ilmlarni o’rganadi. Ustozlari: Imom al-Buxoriy, Imom Muslim, Imom Abu Dovud, Qutayba, ibn Sa’iyd, Is’hoq ibn Muso, Mahmud ibn G’aylon, Sa’id ibn Abdurahmon, Muhammad ibn Bashshors, Ali ibn Hujr, Ahsad ibn Muni’, Muhammad ibn al-Musanno, Sufyon ibn Vaqi’. Asarlari: «Sunnan», «Ash shamoil an-Nabaviy» («Payg’ambarning alohida fazilatlari»), «Al-ilal fil-hadis» («Hadislardagi illat va og’ishlar haqida»), «Kitob at-tarix», «Kitob az-zuhd» («Zohidlik haqida kitob»), «Kitob al-asml val-kuna» («Roviylarning ism va laqablari haqida kitob») va boshqalar. At-Termiziy asarlarida doimo insonni halollik, adolat, e’tiqod, diyonat, koplik, mehnatsevarlik, muruvvatlilik, mehr-shafqat, kattalarga, ota-ona va qarindoshlarga hurmat ruhida tarbiyalashga katta e’tibor bergan. Ushbu asarlardan bugungi kunda ta’lim jarayonida foydalanish ijobiy samaralar beradi. |