"Ubaydulla Xo’jayev "
Ubaydulla Xo’jayev (1880 - 1938). Jadidchilik harakatining yirik namoyandalaridan biri, davlat va siyosat arbobi Ubaydullaxo’ja Asadullaxo’ja o’g’li 1880 yil Toshkent shahrida tug’ilgan. Rus Etuzem maktabini tamomlagach, davlat muasasalarida tarjimonlik bilan shug’ullangan. Ubaydulla Xo’jayev dastlabki o’zbek advokatlaridan biri edi. O’qishni tugatgach, Toshkent okrug sudida advokat bo’lib xizmat qildi. O’z atrofiga yoshlarni to’plab, «Umid» yashirin jamiyatini tuzdi. Keyinchalik bu tashkilot «Taraqqiyparvar» deb nomlanib, jadidlarning asosiy tashkilotlaridan biriga aylanadi. Ubaydullo Xo’jayev 1914 yilda mahalliy sarmoyadorlarning ko’magiga tayangan holda «Sadoi Turkiston» gazetasini o’z muharrirligi ostida chop etadi. U ushbu gazeta sahifalarida milliy o’zlikni anglashga da’vat etuvchi, mahalliy xalqning siyosiy ongini oshirishga xizmat qiluvchi ko’plab maqolalar e’lon qiladi. Gazeta yopib qo’yilgach, Ubaydulla Xo’jayev Andijonga keladi va rus tilida «Turkestonskiy golos» gazetasini nashr etadi. 1917 yil fevral inqilobidan keyin Turkistondagi mustaqillik va taraqqiyot uchun milliy harakatining faol rahnomalaridan biriga aylandi. Toshkent «Sho’roi Islomiya» tashkilotiga rais, Butun Rossiya musulmon sho’rosiga a’zo etib saylandi. U 1917 yilda bo’lib o’tgan IV favqulodda o’lka musulmonlarining syezdi uni Turkiston Muxtoriyatining Harbiy Noziri etib sayladi. Turkiston Muxtoriyati tor–mor etilgach, Ubaydulla Xo’jayev Orenburgga boradi va Boshqardiston Muxtoriyati hukumatini tuzishda faol ishtirok etadi. 1920 E1938 yillarda sovet hokimiyatiga zid bo’lgan siyosiy qarashlari uchun unga bir necha bor tazyiq o’tkaza oladilar. 1938 yilda Sovet hokimiyatiga zid bo’lgan siyosiy qarashlari uchun uni bir necha bor ta’qib ostiga oladilar. 1938 yilda barcha taraqqiyparvar o’zbek ziyolilari qatori u ham qatog’onga uchraydi va otib tashlanadi. Ubaydulla Xo’jayev qabrining qayerdaligi noma’lum. |