"Umar Xayyom"

Umar Xayyom (1048-1123). To’liq ismi – G’iyosiddin Abdulfath Umar ibn Ibrohim Nishopuriy (Xayyom taxallusi). Bolaligi Nishopurda o’tgan, Balx, Buxoro, Samarqand, Isfaxon kabi shaharlarda tahsil oladi. Isfaxondagi rasadxonaga boshchilik qiladi va matematika, astronomiya sohasiga oid katta ilmiy tadqiqotlar olib boradi. Ustozlari: Muhammad Mansur, olim Abu Ali ibn Sinoni ham o’zining ustozi deb biladi. Asarlari: «Borlik va majburiyat haqida risola», «Uch savolga javob» «Umumiy fanning predmeti haqida aql nuri», «Mavjudlikning umumiyligi to’g’risida risola» kabilar. 1079 yilda Quyosh taqvimini isloh qilib, yangi taqvim yaratdi, ba’zi sabablarga ko’ra ushbu taqvim hayotga joriy qilinmay qolib ketdi. Umar Xayyomning ta’kidlashicha, tarbiyaning maqsadi sog’lom fikr, ziyrak aql va o’tkir zehnga ega bo’lgan insonni shakllantirishdir. Tarbiya jarayonida olimning talabchanligi asosida yoshlarda ijobiy axloqiy fazilatlarni tarkib toptirish, yomon illatlardan xolos bo’lishiga erishish mumkin.