"Xorazmiy"
Xorazmiy (783-850). To’liq ismi: Abu Abdulloh Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy al-Majusiy. U 783 yilda Xorazmda tug’ilgan. Dastlabki ma’lumotni o’z uyida olgan. Matematika bilan qiziqib shug’ullangan, bu sohaga oid barcha asarlarni qunt bilan o’rgangan. Arab, fors, hind, yunon tillarini bilgan va bu tilda yozilgan asarlarni o’qigan. Uning dastlabki ustozi – otasi. Asarlari: «Al-jabr val muqobala», «Hind arifmetikasi haqida kitob», «Sinus zijlari», «Kitob suratl ard», «Yer sathining o’lchash», «Quyosh soati to’g’risida», «Yaxudiylar tarixi va ularning bayramlarini belgilash», «Vasiyatlar kitobi» kabi asarlar yaratgan. |