"Az-Zamaxshariy"

Az-Zamaxshariy (1075-1144). To’liq ismi – Abulqosim Mahmud ibn Umar az-Zamaxshariy. U dastlabki ta’limni bolaligida o’z oilasida ota-onasidan oladi. Yoshligidan ilmga juda qiziqqan. Gurganjdagi madrasada tahsil oladi. So’ngra Buxoro, Marv, Nishopur, Isfaxon, Shom, Bag’dod, Hijoz, Makka shaharlarida bo’lib, mashhur olimu fozillardan arab tili va adabiyotini, lug’at, hadis, nahv, fiqh ilmlarini o’rganadi. Asarlari: «Asos al-balog’a» («So’zga ustalik asoslari»), «Samin al-arabiya» («Arab tili mag’zi»), «Fih al-lug’at» («Eng yaxshi lug’at»), «Muhaddatan ul-adab» («Nafis adabiyotga muqaddima»), «Muhojatu an-nahviya» («Grammatika hojatlari»), «Atvoq uz-zahab» («Oltin shodalar»), «Atvoq uz-zahab fil mavaoi’z val-xutab» («O’git va nasihatlarning oltin shodalari») kabi 56 ta asar yaratgan. U «Ustoz ud-dunyo», «Ustoz al-arab va al-ajam», «Faxru Xovarazm», «Jarulloh» kabi sharafli unvonlarga ega bo’lgan. Olimning asarlarida inson kamolotiga oid purma’no fikrlarni ko’plab uchratishimiz mumkin. Ularda asosan insonlarni to’g’ri yo’lga, poklikka, halollikka chorlaydi. Olimning ijodiy merosidan ta’lim jarayonida unumli foydalanilsa, axloqiy tarbiya borasida ijobiy natijalarga erishish imkoni yaratiladi.