1-mavzu: Tarbiyaviy ish metodikasi fanining maqsad va
vazifalari
I. REJA:
1. Tarbiyaviy ish metodikasi fanining predmeti,
maqsad va vazifalari.
2. Tarbiyaviy
ishlar jarayonining ijtimoiy ahamiyati.
3. Tarbiyaviy
ishlar metodikasining xususiyatlari va boshqa fanlar
bilan bogʻliqligi.
II. Mavzularni mustahkamlash uchun savol va
topshiriqlar.
III. Mavzularni oʻrganishda
foydalanish mumkin boʻlgan adabiyotlar roʻyxati.
Tayanch ibora
va atamalar: tarbiya, tarbiya
tushunchasi, tarbiyaning mazmun-mohiyati, tarbiya funksiyasi, tarbiyaviy ishlar
metodikasi, tarbiya metodlari, tarbiyaning ijtimoiy ahamiyati, tarbiyaviy
munosabat.
1. Tarbiyaviy ish metodikasi fanining predmeti,
maqsad va vazifalari
Hozirgi davrda mamlakatimizda tarbiyaviy ishlarning mazmuni barkamol avlodni
shakllantirishga qaratilgan. Respublikada sogʻlom va barkamol avlodni
tarbiyalash, yosh avlodni XXI asr talablariga toʻliq javob beradigan har
tamonlama rivojlangan shaxslar qilib voyaga yetkazish uchun zarur
shart-sharoitlar va imkoniyatlar yaratilgan. Bu boradagi ishlarni aniq,
maqsadli amalga oshirish uchun davlat ahamiyatiga molik hujjatlar, dasturlar va
rejalar ishlab chiqildi. Birgina “Ta’lim toʻgʻrisida”gi Qonun,
“Kadrlar tayyorlash milliy dastur”ning qabul qilinishi yuksak umumiy va kasb-hunar
madaniyatiga , istiqbolli vazifalarni hal etishga qodir barkamol avlodni
tarbiyalashga yoʻnaltirilganligini keltirish kifoya.
Tarbiya - yosh avlodni har tamonlama voyaga yetkazish, unda ijtimoiy
ong va xulq-atvorni tarkib toptirishga yoʻnaltirilgan faoliyat boʻlib,
shaxsni aqliy , jismoniy, ahloqiy, ma’naviy sifatlarini shakllantirishga
qaratilgan boʻlib, insonning jamiyatda yashashini ta’minlash uchun zarur boʻlgan
xususiyatlarini tarkib toptirishning jarayonlaridir.
Tarbiya shaxsni tarkib toptirishga qaratilgan boʻlib, shaxs va
jamiyatning mavjudligini ta’minlaydigan qadriyatlar asosida rivojlanadi.
Tarbiya inson shaxsini shakllantirish, uning ijtimoiy, siyosiy,
madaniy, ma’rifiy hayotida faol ishtirokini ta’minlashga qaratilgan barcha
ta’sirlar, tadbirlar, harakatlar, intilishlar majmuini anglatadi. Tarbiya
nafaqat oila, maktab, bolalar va yoshlar tashkilotlarida olib boriladigan
jarayonlar boʻlibgina qolmay, uning yetakchi gʻoyalari ommaviy
axborot vositalari, gazeta va jurnallar orqali singdirilgan mafkurani ham oʻz
ichiga oladi. Zero, tarbiya ta’limga nisbatan kengroq boʻlgan
tushunchadir. Bunday tarbiyaning oila va tarbiyaviy muassasalar hamda jamoat
tashkilotlari tomonidan amalga oshirilishini nazarda tutadi. Shu jihatdan
tarbiya ta’lim olish bilan chambarchas bogʻliq holda amalga oshiriladi.
Ta’lim – tarbiya orqali shaxda ezgu ma’naviy – axloqiy sifatlar tashkil topadi.
Shu oʻrinda Oʻzbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom
Karimovning quyidagi fikrlarini keltirish maqsadga muvofiqdir: “Albatta, ta’lim
– tarbiya ong mahsuli, lekin ayni vaqtda ong darajasi va uning rivojini
belgilaydigan, ya’ni xalq ma’naviyatini shakllantiradigan va boyitadigan muhim
omildir. Binobarin, ta’lim – tarbiya tizimini va shu asosda ongni oʻzgartirmasdan
turib, ma’naviyatni rivojlantirib boʻlmaydi...
... har qaysi ota – ona, ustoz
va murabbiy har bir bola timsolida avvalo shaxsni koʻrish kerak. Ana shu
oddiy talabdan kelib chiqqan holda, farzandlarimizni mustaqil va keng fikrlash
qobiliyatiga ega boʻlgan, ongli yashaydigan komil insonlar etib voyaga
yetkazish – ta’lim – tarbiya sohasining asosiy maqsadi va vazifasi boʻlishi
lozim ...”[1]
Yuqoridagi fikrlardan kelib
chiqib shuni aytish joizki, insonning boy ma’naviy – tarixiy jarayonida
samarali foydalanish, oʻsib kelayotgan yosh avlodni vatanparvar,
xalqparvar, yuksak qilib voyaga yetkazish, insoniy fazilatlarni singdirishda
tarbiyaviy ishlarni toʻgʻri tashkil etishga koʻp jihatdan bogʻliq.
Tarbiyaviy ishlarni tashkil
etishning asosiy tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat:
- maqsadning aniq mezonlarda ifodalanishi;
- faoliyat maqsadini amalga oshirishda xizmat qilishi;
- bolalar tarbiyasidagi faoliyatni oʻqituvchi, ota – ona va jamoa
bilan hamkorlikda boshqaruvni ta’minlash muhimdir.
Tarbiyaviy ishlarni tashkil
qilish va uning salohiyatini oshirish bola qalbida insoniy fazilatlarni
singdirish koʻp jihatdan tarbiyachi-tarbiyalanuvchilarning ijodiy faoliyatini
tashkil etishga bogʻliq. Ular quyidagi omillarni qoʻllash asosida
vujudga keladi:
- tarbiya jarayonini tashkil qilishdagi munosabatlar. Bunda
tarbiyalanuvchilarning kundalik hayotiy voqyealari jamoadagi tartib qoida va
xulq-atvorlar haqidagi motivlar va ularga bir butun yondoshuv kabilardir;
- tarbiyaviy ishlarning maqsadi, aniqligi va ta’sirchanligi. Tarbiyaviy
jarayonni loyihalashtirish, shakl, metod, shart – sharoitlarni oldindan aniqlab
qoʻyilgan maqsadga muvofiqlashtirish;
- tarbiyachi va tarbiyalanuvchilarning oʻzaro munosabatlari.
Tarbiyachi va tarbiyalanuvchilarning ruhiy holatlari, muloqat va munosabatda boʻlishlari,
ruhiy shart – sharoitlar yaratilishi, tarbiyaviy tadbirlarni gigiyena
qoidalariga moslash, estetik talablarga javob berishi, tarbiyaviy ishlarni
muvaffaqiyatli tashkil etish funksiyalaridan biridir.
- Oʻquvchi – yoshlarning faolligi va mustaqil ijodiy faoliyatini
tashkil etish. Tarbiyaviy tadbirlarni tashkil qilishda oʻquvchi
yoshlarning faolligi koʻp jihatdan ixtiyoriylik, tashkilotchilik va
ijodkorligiga bogʻliq;
- Tarbiyaviy ishlar ta’lim jarayonida olgan bilimlariga uygʻun boʻlishi.
Tarbiyaviy ishlarni rejalashtirishda turli fanlarning integrasiyasi hisobga
olish ijobiy xarakter kasb etadi. Tarbiyaviy ishlar metodikasi yosh avlodni har
tamonlama barkamol avlod qilib tarbiyalash, ular ongiga milliy gʻoyani
singdirishda har tamonlama ta’sir koʻrsatadi.
Oʻzbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasida har bir fuqoroning ilm olishi, oʻz qobiliyatlarini har
tamonlama rivojlantirish ta’kidlanadi. Ta’lim toʻgʻrisida qabul
qilingan qonunda maktabning, unda amalga oshiriladigan ta’lim-tarbiyaning
mazmuni amalga oshirilishi lozim boʻlgan tarbiyaning vazifalari belgilab
berildi.
Ma’lumki yosh avlodga tarbiya
berish jarayonida maktab juda katta ahamiyat kasb etadi. Oʻquvchilarga
tarbiya berish, ularga ta’lim berish bilan birgalikda amalga oshiriladi. Ammo,
tarbiyaning oʻz vazifasi, mazmuni, amalga oshirish usul va vositalari
mavjud. Oʻqish va tarbiya jarayonining uzviyligi ta’lim muassasalari
oldiga qoʻyilgan eng muhim pedagogik vazifalardan biri hisoblanadi.
Shuning uchun sinfdan, maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar bevosita oʻquv
jarayoni bilan bogʻlangandir.
Har bir fanning predmeti, oʻrganish
obyekti, amalga oshirishi lozim vazifalari mavjud boʻlganidek, tarbiyaviy
ishlar metodikasi fanining ham predmeti, oʻrganish obyekti va amalga
oshirilishi lozim boʻlgan vazifalari bor. Tarbiyaviy ishlar metodikasi
fanining predmeti sinfda va maktabda , sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy
ishlarni toʻgʻri tashkil qilish, har tamonlama rivojlangan barkamol
avlodni tarbiyalashning eng zamonaviy va eng qulay yoʻnalishlarini
belgilash, vositalarini izlab topishdan iboratdir.
Tarbiyaviy ishlar metodikasi
fanining predmeti boʻlajak oʻqituvchi- tarbiyachilarga kelajak
avlodni ma’naviy yuksak fazilatlar egasi qilib tarbiyalash sanatining
qirralari, shakl va yoʻllari hamda bilim, koʻnikma va malaka hosil
qilish haqida bahs yuritadi.
Tarbiyaviy ishlar metodikasi
fanining oʻrganish obyektini esa ta’lim muassalaridagi uzluksiz ta’lim
–tarbiya jarayoni tashkil etadi.
Tarbiyaviy ishlarni tashkil
qilish metodikasi ijtimoiy faollikni shakllantirishga xizmat qiladi. Uning
maqsadi boʻlajak oʻqituvchi va tarbiyachilarning tarbiyaviy ish va
tadbirlarning mazmunli boʻlishini ta’minlashda boy milliy va umuminsoniy
qadriyat va urf-odatlardan keng foydalanishga, tarbiyaviy ta’sirga ega boʻlgan
manbalarni ajrata bilishga qaratilgandir.
Tarbiyaviy ishlarni tashkil
qilishning asosiy maqsadi, milliy istiqlol talabiga javob beradigan barkamol
shaxsni shakllantirishga qaratilgan ekan, ayni paytda bu oʻqituvchilarga
katta mas’uliyatni yuklaydi. Shu jihatdan ham oʻqituvchining pedagogik
faoliyat yuritishi davr talabiga javob bermogʻi lozim. Oʻzbekiston
Respublikasining “Ta’lim toʻgʻrisida” gi Qonuni va Kadrlar tayyorlash
milliy dasturining bosh masalalaridan biri ham yosh avlodni barkamol etib
tarbiyalashdan iborat etib belgilangan. Shu jihatdan ham yosh avlodni barkamol
qilib voyaga yetkazish uchun Respublikamizda ijtimoiy – tashkiliy, tarbiyaviy
ishlar amalga oshirilmoqda. Barkamol avlodni tarbiyalash, ma’naviy, ma’rifiy,
tashkiliy uslubiy, ijtimoiy-iqtisodiy jihatlari bilan murakkab tarbiyaviy
ishlar tizimi kundan-kunga takomillashib bormoqda.
Shuni alohida ta’kidlash
kerakki, tarbiyaviy ishlar shaxs kamolatining uzluksizligini va uzviyligini
muvaffaqiyatli ta’minlaydi. Shu jihatdan har tarbiyaviy ishlar tizimi shaxs
kamolotining eng muhim va zaruriy omillaridan biri hisoblanadi. Albatta, bunda
tarbiyalanuvchilarning yosh xususiyatlarini e’tiborga olish muhimdir. Oʻzbekiston
mustaqilligi tufayli shaxsni tarbiyalashga, tarbiyaviy ishlarni tashkil etishga
alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. Uning mazmunida yoshlar tarbiyasi muhim oʻrin
tutadi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, tarbiya barkamol avlodning uzluksiz
rivojlanishini ta’minlaydi.
Tarbiyaviy ishlar sogʻlom
hayot, sogʻlom turmush tarzi, sogʻlom e’tiqod, barkamollik
kabilarning asosiga aylanadi. Barkamol avlodni tarbiyalash mazmunida milliy
qadriyatlarga sadoqat, jamiyatdagi tinchlik, xotirjamlikni saqlashga ongli
munosabatda boʻlish, tinch va farovon hayot yaratish, ijtimoiy
ma’naviyatni yuksaltirishga intilish kabi omillar tarbiyaviy ishlarda asosiy oʻrin
egallaydi. Shu sababli bugunga yoshlar dunyoqarashida millat, Ona tuproq, Ona
Vatan kabilar turli xil tarbiyaviy tadbirlar, boy ma’naviy merosimiz haqidagi
tushunchalar bilan tarkib topib boradi. Yoshlarni tarbiyalashda ular ongida,
millat, milliy axloq, milliy gʻurur, milliy tarbiya, milliy gʻoya,
Vatan tuygʻusi, Vatan qaygʻusi, Vatan sogʻinchi va shu kabi
tushunchalarni sindirib borish, ularning milliy dunyoqarashini kengaytirib
borish tarbiya jarayoning asosiy maqsadlaridan biri hisoblanadi.
Tarbiyaviy ishlar jarayonida
tarbiya uch narsaga ehtiyoj sezadi: iste’dordga, ilmga va mashqqa degan edi,
ulugʻ olim Arastu. Shunga asosan tarbiya ishi bilan shugʻullanuvchilar
quyidagilarga amal qilishlari lozimdir:
- tarbiyaviy ishlar jarayonida va tarbiyada ulgʻayotgan inson
shaxsini oliy ijtimoiy qadriyat deb bilish, har bimr bola, oʻsmir va
yoshlarning oʻziga xosligini hurmat qilish;
- milliylikning oʻziga xos an’ana, vositalariga tayanish, milliy
merosga asoslanish;
- oʻquvchilar faoliyatida tarbiyaviy jarayonning asosini tashkil
qilish, qiziqarli, toʻlaqonli bolalar yosh jihatlariga mos turli xil
ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarga qatnashishini ta’minlash, mehnat, ijtimoiy
foydali, koʻngilochar tadbirlar tashkil etish lozim.
Tarbiyaviy
ishlar metodikasi fanining asosiy vazifasi yosh avlodni ma’naviy-ahloqiy
jihatdan tarbiyalashda xalqning boy milliy, ma’naviy-tarixiy merosimizga,
umumbashariy qadriyatlarga, urf-odatlar va ananalarga tayanib, ongli shaxslarni
intelektual salohiyatli qilib tarbiyalashdir.
Tarbiyaviy ishlar metodikasi
fanining vazifalari quyidagilardan iborat:
- oʻquvchilar jamoasining tarbiyalanganlik darajasini oʻrganib,
unga tarbiyaviy ta’sir koʻrsatish mahoratiga ega boʻlish ;
- tarbiyaviy ish va tadbirlar uchun zarur boʻlgan metodlarni
tanlab, koʻzlangan maqsadga erishish chora-tadbirlarini koʻra bilish
;
- ilgʻor tajribalarni tahlil qilish va uni oʻz faoliyatida
ijodiy foydalanish ;
- tarbiyaviy ishlarning oʻquvchilar ruhiyatiga qanchalik ijobiy
ta’sir etganini kuzatib, uni yanada rivojlantirish va takomillashtirish ;
- tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirishda oʻz bilimini doimiy
rivojlantirib borishi lozim.
Darsda va darsdan
tashqari mashgʻulotlarda tarbiyaviy ishlarni tashkil etish bilan birga DTS
lariga mosligiga e’tibor qaratish zarur boʻladi.
1. Tarbiyaviy ishlar jarayonida barkamol avlodni tarbiyalash muhim oʻrin
tutadi. Aniq maqsadga qaratilgan tarbiya ishida jamoaga va ba’zi bir talablarga
ta’sir qilishini tashkil etish tarbiyaviy ishlarning asosini belgilaydi.
2. Tarbiyaviy ishlarning asosiy jihati barkamol avlodni har tomonlama
kamol topishini hisobga olgan holda ularning tarbiyaviy jihatiga e’tiborni qaratish
zarur boʻladi. Shuning uchun oʻqituvchi va tarbiyachilar yoshlar
bilan tarbiyaviy ishlarni tashkil qilishda mahoratlilikka, metodikaga tayanish
maqsadga muvofiqdir.
Tarbiyaviy ishlar metodikasi
fanining predmeti va uning vazifalarini quyidagicha tasavvur qilish mumkin:
2. Tarbiyaviy
ishlar jarayonining ijtimoiy ahamiyati. Respublikamiz
mustaqillikka erishgach ta’lim-tarbiya jarayonini rivojlantirish uchun bir
qancha yangi asoslar yuzaga keldi. Jumladan “Ta’lim toʻgʻrisidagi”
Qonun , “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ning yaratilishi ta’limni tubdan
halos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy va
ahloqiy talablarga javob beruvchi malakali kadrlar tayyorlash imkoniyatini
beradi.
Tarbiya tushunchasi millat
tarixi va jamiyat taraqqiyotining turli davrlarida turlicha mohiyatga ega boʻlib,
har xil tarzda izohlanib kelindi.
Oʻzbekiston mustaqillikka
erishgach, tarbiyani izohlashda yangi sogʻlom pedagogik tafakkurga
tayangan holda yondashuv qaror topa boshladi. Endilikda tarbiyaning
irsiy-biologik jihatlari va milliyligiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Milliy
tarbiya xalq nomi va uning tarixi chambarchas bogʻliqdir. Buning uchun
xalq pedagogikasi boyliklari, mutufakkirlarning pedagogik qarashlari tizimli
sinchkovlik bilan oʻrganilmoqda.
Tarbiya jarayonini amalga
oshirishda ijtimoiy tarbiya alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki tarbiya
jarayoni ijtimoiy xarakterga ega boʻladi. Ijtimoiy tarbiya bolada ijtimoiy
ahamiyatga ega boʻlgan fazilatlarni rivojlantirish jarayonidir. Ijtimoiy
tarbiya tarbiyaviy ishlarning aniq maqsad asosida amalga oshiriladigan oila
tarbiyasi, mahalla tarbiyasi, maktab tarbiyasi, oʻrta maxsus kasb-hunar
ta’limida amalga oshiriladigan tarbiya, oliy ta’lim tarbiyasini qamrab oladigan
jarayonlardir. Ijtimoiy tarbiyaning vazifasi ham jismonan baquvvat, ma’naviy
yetuk, mustaqil fikrlaydigan, ishlash va yashash qobiliyatiga ega boʻlgan,
zamonaviy fan-texnika va texnologiya yutuqlarini oʻzlashtiradigan, ma’lum
kasb-hunarni egallagan barkamol avlodni shakllantirishdan iborat. Ijtimoiy
tarbiya orqali shaxsning ijtimoiylashuvi yuzaga keladi. U ijtimoiy
munosabatlarga kirishish usullarini oʻrganadi. Shaxsga kasb-hunar oʻrgatish,
kishining ma’naviy va gʻoyaviy qiyofasini shakllantirishga qaratilgan
xatti-harakatlar jarayoni ijtimoiy tarbiyadir. Ijtimoiy tarbiya oʻquvchilar
ongini muayyan jamiyatning maqsad va vazifalariga muvofiq ravishda tarkib
toptirish va rivojlantirish jarayoni hamdir. Ijtimoiy tarbiya jarayonida inson
va jamiyat hayotiga oid axloqiy tushunchalar, qonun-qoidalar bolalar ongiga
singdirib boriladi. Kishilarning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotda faol
ishtirok etishiga qaratilgan barcha ta’sirlar ijtimoiy tarbiya jarayonida
amalga oshiriladi. Shuning uchun ijtimoiy tarbiya umuminsoniy xarakterga ega boʻladi
va bunda shaxs xohlagan soha boʻyicha ta’lim-tarbiya koʻrib, istagan
kasbni egallashi mumkin. Dunyo tabiyashunosligi ijtimoiy tarbiyaning mohiyatini
asoslab berdi.
Tarbiya va tarbiyaviy ishlar har
qanday jamiyat va har qanday mamlakat hayotida hal qiluvchi ahasiyat kab etadi,
Yosh avlodning tarbiyasi bilan yetarlicha shugʻullanmagan gʻalq yoki
mamlakat inqirozga yuz tutadi. Chunki har qanday mamlakatning rivojlanishi
uchun moddiy va ma’naviy boyliklarni ishlab chiqarish toʻxtovsiz ravishda
yuksalib borishi zarur. Yosh avlodda ana shunday moddiy va ma’naviy
qobiliyatlarini shakllantirish uchun uzluksiz ravishda faoliyat koʻrsatadigan
tarbiyaviy ishlar tizimi boʻlishini taqozo etadi.
Tarbiyaviy ishlar tizimi jamiyat
taraqqiyotining turli davrlarida turlicha mohiyatga ega boʻlib, har xil
izohlandi. Shuning uchun ham turli sinf va ijtimoiy tabaqalarning tarbiyasi oʻzgacha
boʻladi va bir-biriga qarama-qarshi turadi degan qarash hukmronlik qilgan.
Tarbiyaviy ishlar jarayonida tarbiyaning sinfiy xarakterga ega emasligi
isbotlanadi. Chunki chindan ham bunyodkorlik va vayronkorlikning mohiyati har
qanday ijtimoiy sinf vakili uchun ham bir xildadir. Ijtimoiy tarbiya maxsus
muassasalar tamonidan amalga oshiriladigan pedagogik jarayondir. Xalqning oʻzi
yaratgan tarbiyachilik sa’natiga va boy merosiga asoslanishi ijobiy ahamiyatni
kasb etadi. Tarbiya jarayonida ijtimoiy tarbiya bilan birgalikda oila
tarbiyasining uzviyligi va ustivorligi muhim hisoblanadi.
Ta’lim muassalaridagi tarbiyaviy
ishlar jarayonining samaradorlik darajasi koʻp jihatdan tarbiyaviy ishlar
tizimining tashkil etilishiga bogʻliq. Tarbiyaviy ishlar tizimi mazmunan
boy boʻlishi, umumiy maqsad va oʻquvchilar imkoniyatlariga mos boʻlishi
kerak.
Tarbiyaviy ishlar metodikasi
fani bevosita mamlakat hayoti, xalq tarbiya tizimi bilan mustahkam bogʻlangandir.
Tarbiya jarayoni va tarbiya
ishlarini olib borish murakkab boʻlgan bir butun jarayondir, binobarin,
bola shaxsining har tamonlama rivojlanib borishida turli xil sharoitlar ta’sir
koʻrsatadi. Ta’lim muassalarining vazifasi tarbiyaviy ishlar tizimini toʻgʻri
tashkil etib va ba’zi sharoitlarning rolini faollashtirib bola shaxsini kamol
topishini ta’minlashdir.
3. Tarbiyaviy
ishlar metodikasining xususiyatlari va boshqa fanlar
bilan bogʻliqligi. Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanini oʻrganishda
Oʻzbekiston Respublikasining “Ta’lim toʻgʻrisida”gi Qonuni,
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” talablariga mos ravishda bir qancha
ta’lim-tarbiyaga oid fanlarga bogʻliq holda olib borish maqsadga muvofiq boʻladi.
Har qanday fanlarni oʻqitishning maqsadi yosh avlodga toʻgʻri
tarbiya berish, ularning dunyoqarashini shakllantirishni bilish nazariyasining
umumiy qonuniyatlari asosida hosil boʻlib, har qanday shaxs faoliyatida
metodologik asos boʻlib xizmat qiladigan falsafa fanining roli beqiyosdir.
Shuning uchun shaxs tarbiyasi jarayoni bilan shugʻullanadigan tarbiyaviy
ishlar metodikasi fani falsafa fani bilan bogʻliqdir.
Tarbiyaviy ishlar metodikasi fani ta’lim muassasalaridagi tarbiya
jarayonini toʻgʻri tashkil etish shugʻullanganligi sababli
pedagogika fani bilan uzviy bogʻliqdir. Chunki pedagogika fani bola
tarbiyasi va ularni oʻqitish jarayoni bilan bogʻliq boʻlgan
muassalarni amalga oshiradi. Tarbiyaviy ishlar tizimini amalga oshirish
va uning samaradorlik darajasi shaxsning qanday tarbiya topganligiga bogʻliq.
Shuning uchun tarbiya jarayoni tarbiyaviy ishlar bilan bogʻliq holda
rivojlanganligi tufayli pedagogikaning qonuniyatlariga tayanadi.
Tarbiyaviy ishlar jarayoni tarbiyalanuvchilarning ma’lum bir
faoliyatlarida amalga oshiriladi. Bunda tarbiyalanuvchilarning ruhiy holatini
bilmasdan turib, tarbiya jarayonida yuqori samaradorlikka erishib boʻlmaydi.
Shaxsning ruhiy holati va yosh xususiyatlarini oʻrganadigan fan
psixologiya fani hisoblanadi. Tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish shaxsning
psixologik xususiyatlariga bogʻliq boʻlganligi uchun psixologiya
fanining yutuqlariga tayanib ish olib boradi.
Tarbiyaviy ishlar metodikasining fanlar bilan bogʻliqligini
quydagicha chizmada ifodalash mumkin:
Oʻquvchilarni toʻgʻri tarbiyalash, ularga ta’lim berish
jarayonida ular organizmining rivojlanish bosqichlariga e’tiborni qaratish
tarbiya tizimining samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Chunki oʻquvchi
organizmining rivojlanishini bilmasdan unga ta’sir koʻrsatib boʻlmaydi.
Anatomiya, fiziologiya fanlari odam organizmi, uning rivojlanishi, tuzilishini oʻrgatuvchi
fan hisoblanadi. Shuning uchun ham tarbiyaviy ishlar fani anatomiya,
fiziologiya fanlari bilan chambarchas bogʻliq ish koʻradi.
Har qanday tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda oʻquvchilarning
gigiyenik qoidalariga asosan tashkil etishda yaratilgan shart-sharoitlar muhim
rol oʻynaydi. Koʻrinib turibdiki, tarbiyaviy ishlar metodikasi fani
gigiyena fani bilan ham bogʻlangan.
Tarbiya jarayonida oʻquvchilarning ahloqiy sifatlari tarkib
toptirish muhim masalalardan biri hisoblanadi. Ahloq normalarini oʻquvchilar
ongiga singdirish zarur. Ahloq normalari va ahloqshunoslik bilan etika fani shugʻullanadi.
Shunday ekan, tarbiyaviy ishlar metodikasi fani etika bilan ham uzviy bogʻliqdir.
Esda saqlab qolish uchun zarur boʻlgan
tushunchalar:
Barkamol shaxs – bu adolatli, vijdonli,
iymon-e’tiqodli, mehr-muruvvatli, irodali, or-nomusli, matonatli va chidamli,
erkin fikrlovchi, oʻz xalqining daholari uchun kurashuvchi, hur fikrli va
istiqlol gʻoyalari bilan sugʻorilgan, oʻz Vataniga fidoyilik
bilan xizmat qiluvchi, tadbirkor va tashabbuskor ozod ShAXSDIR.
Tarbiya – inson shaxsi ma’naviy qiyofasini
shakllantirishga qaratilgan say – harakatlar tizimidir. Tarbiya – keng ma’noda
u yoki bu sifatlarning yoki ijtimoiy guruhlarning maqsadlariga muvofiq
odamlarning yangi avlodlariga avval avlodlarning ijtimoiy – tarixiy tajribasini
uzatish vositasi bilan jamiyatning rivojlanishini ta’minlovchi vazifasi.
Tarbiyalashning tor ma’nosi – ijtimoiy institutlar doirasida va ta’sirida
ijtimoiy amaliyotning har bir doirasidagi hayotiy faoliyatiga, ijtimoiy
vazifalarni va rollarni bajarishga tayyorlash maqsadida shaxsni ongli, maqsadga
yoʻnaltirilgan, muntazam shakllantirish jarayoni.
Tarbiya vazifasi – ma’naviy manbalar va hozirgi
zamon talablari va ehtiyojlarini nazarda tutilgan holda oʻqituvchining oʻquvchi
bilan aniq bir maqsadga qaratilgan tarbiyaning samaradorligi tarbiyaning qanday
metodidan foydalanishga bogʻliq.
Tarbiya jarayoni – tarbiya jarayonining mohiyati va
jamiyat taraqqiyotidagi roli nihoyatda beqiyosdir. Insonni tarbiyalash, uni
bilim olishga, mehnat qilishga undash va bu xatti-harakatini asta-sekin koʻnikmaga
aylantirib borish lozim.
Tarbiya maqsadi – talaba-yoshlarda milliy gʻoya
va milliy mafkurani shakllantirishda ilmiy pedagogik tadqiqot metodlari qoʻllaniladi.
Tarbiya metodlari – metod lotincha metodoc – yoʻl
soʻzidan olingan. Metod tadqiqot yoʻli, nazariya, ta’limot deb
tarjima qilinadi. Ilmiy tushuncha sifatida «metod» soʻzi keng ma’noda
muayyan maqsadga erishish yoʻli tushuniladi.
Axloq normasi – kishilarning xulq,
fe’l-atvorlarini tartibga soluvchi axloqiy talablar mezoni demakdir.
Axloqiy tarbiya - Oʻquvchilar tomonidan oʻzlashtirilgan
nazariy ma’naviy-axloqiy bilimlar negizida ijtimoiy faoliyatni tashkil etish
borasida koʻnikma va malakalarni hosil qilish, axloqiy sifatlarni qaror
toptirishga yoʻnaltirilgan murakkab dinamik jarayon.
Mavzularni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar:
Mavzuni mustahkamlash uchun savol vatopshiriqlar
1.Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining predmeti deganda nimani
tushunasiz?
2. Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining mazmun mohiyati nimadan
iborat?
3. Tarbiyaviy ishlar metodikasi fani qaysi fanlar bilan
aloqador?
4. Tarbiyaviy ishlar jarayonining ijtimoiy ahamiyati nimada?
5. Tarbiyaviy ishlarda qanday metodlar
qoʻllaniladi?
Mavzularni oʻrganishda foydalanish mumkin boʻlgan
adabiyotlar roʻyxati:
1. Mirziyoyev Sh. Milliy taraqqiyot yoʻlimizni qat’iyat bilan
davom ettirib, yangi bosqichga koʻtaramiz. – Toshkent: “Oʻzbekiston”
NMIU, 2017. – 592 b.
2. Karimov I.A. Yuksak manaviyat – yengilmas kuch. – Toshkent:
Ma’naviyat, 2008. – 174 b.
3. Joʻrayev
R.X. Jaholatga qarshi ma’rifat J. Xalq ta’limi.– T.: 2004.- ¹3. – B. 9-13.
4. Hasanboyev J. va boshq. Pedagogika: Oliy oʻquv yurtlari uchun
darslik. – Toshkent: Fan, 2009. - 480 b.
5. Ismoilova Z, Tarbiyaviy ishlar metodikasi. T:. Istiqlol, 2003
6. Hasanboyev J:, Toʻraqulov X., Alqarov I., Usmanov N.
Pedagogika. T:.Fan va texnologiya, 2010
7. Tarbiya ensiklopediya. Tuzuvchi M.N.Aminov. T:.Oʻzbekiston
milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti, 2010.
8. Milliy gʻoya- oʻquvchi ma’naviyatining asosi. T:. Oʻzbekiston
milliy kutubxonasi nashriyot