4-mavzu:
Tarbiya jarayonini tashkil etish shakllari. Tarbiya jarayonini amalga
oshirishda innovatsion
texnologiyalardan foydalanish
I. REJA:
1. Tarbiya
jarayonining mohiyati va mazmuni.
2. Tarbiya qonuniyatlari
va tamoyillari.
3. Tarbiya jarayonini amalga oshirishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish.
II. Mavzularni mustahkamlash uchun savol va
topshiriqlar.
III. Mavzularni oʻrganishda
foydalanish mumkin boʻlgan adabiyotlar roʻyxati.
Tayanch ibora va atamalar: tarbiyaning maqsadi, tarbiya
maqsadining xilma-xilligi, barkamol avlod tarbiyasi, milliy tarbiya asoslari,
tarbiya tizimining uzluksizligi, barkamol shaxs tarbiyasi.
1. Tarbiya jarayonining mohiyati va mazmuni
Tarbiyaning maqsadi ijtimoiy jamiyat
taraqqiyoti, rivojlanishi, yoʻnalishi, ijtimoiy munosabatlar mazmunidan
kelib chiqib belgilanadi. Bugungi kunda Oʻzbekiston Respublikasida tashkil
etilayotgan tarbiyaning asosiy maqsadi barkamol shaxsni tarbiyalab voyaga
yetkazishdan iboratdir. Chunki, kadrlar tayyorlash milliy modelimizning bosh
muddaosi barkamol shaxs va intellektual salohiyatli mutaxassis tayyorlashdan
iborat boʻlib, Oʻzbekistonning xalqaro andozalardagi zamonaviy
taraqqiyotini ta’minlay oladigan, mustaqil fikr yuritadigan, tafakkurli,
malakali, bilimli mutaxassis, ayni paytda insonning ichki sifatlari barq urib
kamolotga yetgan kadrlarni tayyorlashni
koʻzlaydi. Mazkur maqsadni amalga oshiruvchi asosiy omillardan biri
tarbiya jarayonidir. Tarbiyaning maqsadi natijasi barkamol avlodni
shakllantirishdir. Bu jarayon ikki tomonlama boʻlib, uyushtirish va
rahbarlikni, shuningdek, oʻquvchi shaxsning oʻzi tomonidan faollik koʻrsatishni
taqozo etadi. Bu jarayonda pedagog yetakchi vazifani bajaradi. Chunki ijtimoiy
tarbiyaning umumiy maqsadlari, mohiyatini tushunadi, maqsad yoʻlida amalga
oshirilayotgan vazifalar tizimidan yaxshi xabardor, tarbiya shakllari, metodlar
va vositalarni asosli, ilmiy tarzda tanlab oladi va tarbiyaga tadbiq etadi.
Inson shaxsi koʻp sonli omillar ta’siri
natijasida shakllanadi va rivojlanadi: ob’ektiv va sub’ektiv, tabiiy va ijtimoiy,
ichki va tashqi, odamlarning ongi va shuuriga bogʻliq boʻlgan va boʻlmagan.
SHu sababli insonning oʻzi ham tashqi ta’sirni shunchaki aks
ettiruvchi sust mavjudot emas. U oʻzining
shaxsiy shakllanishi va rivojlanishi sub’ektidir.
Tarbiya
– shaxsni maqsadga muvofiq takomillashtirish uchun uyushtirilgan pedagogik
jarayon boʻlib, tarbiyalanuvchining shaxsiga muntazam va tizimli ta’sir
etish imkonini beradi.
Tarbiya - shaxsda muayyan jismoniy, ruhiy,
axloqiy, ma’naviy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan amaliy pedagogik
jarayon; insonning jamiyatda yashashi uchun zarur boʻlgan hissiyotlarga
ega boʻlishini ta’minlash yoʻlida koʻriladigan chora-tadbirlar
yigʻindisi [6].
Demak, tarbiya ijtimoiy hodisa boʻlib, insoning shaxs boʻlib
shakllanishini ta’minlaydigan eng qadimiy va abadiy ma’naviy qadriyatdir. Tarbiya insoniyat paydo boʻlishi
bilan birga paydo boʻlgan boʻlib, usiz alohida shaxs ham, kishilik
jamiyati ham faoliyat koʻrsata olmaydi. Chunki, tarbiya inson va jamiyatning mavjudligini ta’minlaydigan qadriyat
boʻlib, u avloddan, avlodga oʻtib boraveradi.
Tarbiya yordamida inson shaxsining ma’naviy jihatlarini
qaror toptirish koʻzda tutiladi. Dunyoqarash, e’tiqod ezgulik, goʻzallik,
yaxshilik, odatlilik va koʻnikmalarning shaxs sifatiga aylantirilishi
tarbiya yordamida amalga oshiriladi.
Tarbiya jarayoni oʻzaro bogʻliq boʻlgan
ikki faoliyatni – oʻqituvchi va oʻquvchi faoliyatini oʻz ichiga
oladi. Tarbiya jarayonida oʻquvchining ongi shakllanib boradi. His-tuygʻulari
rivojlanadi, ijtimoiy hayot uchun zarur boʻlgan va ijtimoiy aloqalarni
tashkil etishga xizmat qiladigan xulqiy odatlar hosil boʻladi. Tarbiya
jarayonida bolalarning hayoti va faoliyatini pedagogik jihatdan toʻgʻri
uyushtirish gʻoyat muhimdir. Faoliyat jarayonida bola tashqaridan kelayotgan
tarbiyaviy ta’sirlarga nisbatan ma’lum munosabatda boʻladi. Bu munosabat
shaxsning ichki ehtiyoj va xohishlarini ifodalaydi. Psixolog va pedagoglarning
tadqiqotlari shaxsga tashqi omillarning (xoh salbiy, xoh ijobiy) ta’siri
bolaning ularga munosabati, bogʻliqligini koʻrsatadi. Bola
faoliyatini uyushtirish emas, balki tarbiyalanuvchining bu faoliyatga nisbatan
qanday anglashni baholashi, his qilishni anglashi e’tiborga molikdir. Ulardan oʻzi
uchun nimalarni maqsad qilib olayotganligini bilishi zarur. Bularning barchasi
turli kishilar bilan aloqa qilish, jamoadagi munosabatlar jarayonida
murakkablashib boradi. Tarbiya jarayoni oʻquvchining ongini emas, balki
his-tuygʻularini ham oʻstirib borishi, unda jamiyatning shaxsga qoʻyadigan
axloqiy talablariga muvofiq keladigan huquqiy malaka va odatlarni hosil qilishi
lozim. Bunga erishish uchun oʻquvchining ongiga, hissiyotiga va irodasiga
ta’sir etib boriladi. Agar bularning birortasi e’tibordan chetda qolsa,
maqsadga erishish qiyinlashadi. Tarbiya jarayoniga oʻqituvchi rahbarlik
qiladi. Oʻquvchilar faoliyatini belgilaydi, ularni ijtimoiy jarayonda
ishtirok etishlari uchun shart-sharoit yaratadi.
Tarbiyani samarali yoʻlga qoʻyish
uchun uning harakatlantiruvchi kuchini – tarbiya jarayonining manbasini yaxshi
bilish va hisobga olish muhimdir. Bir soʻz bilan aytganda tarbiya jarayoni
– har bir insonning hayotda yashashi (umumiy faoliyat, ta’lim, tarbiya)
jarayonida orttirgan saboqlari va intellektual salohiyatlarining ijobiy koʻnikmasini
oʻzida shakllantirish va oʻzgalarga berish jarayonidir. Tarbiya
jarayonida ichki va tashqi qarama-qarshiliklar mavjud boʻlib, u bevosita
tarbiyalanganlik darajasiga bogʻliq boʻladi. Tarbiyada oʻquvchilarning
tarbiyalanganlik darajasini ham hisobga olish kerak boʻladi. Bu jihat unutilsa,
qarama-qarshiliklar kuchayadi.
Tarbiyalanganlik
– milliy urf-odatlar, qadriyatlarga e’tiqod bilan rioya qiladigan, noqonuniy
ishlardan oʻzini tiya oladigan, oʻz xatti-harakatlari bilan oʻzgalar
nafratini qoʻzgʻamaydigan xulq-atfordir. Faoliyat jarayonida hosil boʻlgan
malaka va odatlar axloq me’yorlariga rioya qilishni yengillashtiradi.
Demak, tarbiyachi bola shaxsining tez
rivojlanadigan davri – oʻquvchilik yillarida uning ongiga turli-tuman
faoliyat (oʻqish, mehnat, oʻyin sport, badiiy havaskorlik) yordami
bilan maxsus ta’sir etishi mumkin. Tarbiya yaxlit jarayonda amalga oshiriladi,
uning tarkibiy qismlari ham ayni bir vaqtda faoliyatning biror turi asosida
amalga oshiriladi.
Tarbiya
pedagogikadagi asosiy tushunchalardan biri sanaladi. Jamiyat
va pedagogikaning tarixiy rivoji davomida mazkur kategoriyani tushuntirishga
turlicha yondashuvlar yuzaga keldi. Eng avvalo, yuqorida ta’kidlab oʻtganimizdek,
keng va tor ma’nodagi tarbiya farqlanadi. Keng ma’noda tarbiya shaxsga
jamiyatning ta’sir etishi, ijtimoiy hodisa sifatida qaraladi. Mazkur holatda
tarbiya ijtimoiylashtirish bilan uygʻunlashadi.
Tor ma’nodagi tarbiya deganda, pedagogik jarayon
sharoitida ta’lim maqsadini amalga oshirish uchun pedagog va
tarbiyalanuvchilarning maxsus tashkil etilgan faoliyati tushuniladi. Ushbu
holatda pedagoglarning tarbiyaviy faoliyati tarbiyaviy ish deb ataladi.
Tarbiya mazmuni deganda, qoʻyilgan maqsad va vazifalar bilan
bogʻliqlikda ta’lim oluvchilarning egallashi lozim boʻlgan bilim,
malaka, e’tiqod, shaxs sifati va xarakteri, xulq-atvor tizimi tushuniladi.
Tarbiyaning maqsadi – har tomonlama barkamol shaxsni shakllantirish.
Tarbiyaning umumiy vazifalari:
ü
jamiyat a’zolarining
maqsadga yoʻnaltirilgan rivojlanishi hamda ularning qator ehtiyojlarini
qondirish uchun shart-sharoit yaratish;
ü
jamiyat rivoji uchun zarur boʻlgan ijtimoiy madaniyatga mos
etarlicha hajmdagi “inson kapitali”ni tayyorlash;
ü
madaniyatlarni uzatib turish orqali ijtimoiy hayotning barqarorligini
ta’minlash;
ü
ma’lum jins yoshi va ijtimoiy-kasbiy guruhlarning qiziqishlarini
hisobga olgan holda ijtimoiy munosabatlar doirasida jamiyat a’zolarining
harakatini tartibga solish.
2.
Tarbiya jarayonining qonuniyatlari va tamoyillari.
Tarbiya
jarayoni oʻqituvchi va ta’lim oluvchi (tarbiyachi va
tarbiyalanuvchi)lar oʻrtasida tashkil etiluvchi hamda aniq maqsadga yoʻnaltirilgan
hamkorlik jarayonidir.
Tarbiya
jarayoni oʻziga xos xususiyatlarga
ega:
ü
maqsadga yoʻnaltirilganligi;
ü
koʻp qirrali jarayon;
ü
uzoq
muddat davom etishi;
ü
uzluksizligi;
ü
yaxlitligi;
ü
variativligi;
ü
natijalarning oldindan aniqlanmasligi;
ü
ikki tomonlamalilik;
Tarbiya qonuniyatlari – bu bir tomondan, ijtimoiy hodisa sifatida
tarbiyaning xususiyatlari, ikkinchi tomondan, shaxsning rivojlanishi bilan bogʻliq
boʻlgan barqaror aloqalar.
Tarbiya
jarayonining quyidagi qonuniyatlari mavjud:
ü
ijtimoiy muhitning ob’ektiv va sub’ektiv omillariga bogʻliqligi;
ü
tarbiyaning shaxsning rivojlanishi bilan birligi va oʻzaro bogʻliqligi;
ü
faoliyat va munosabatni e’tirof etish shaxsning ijtimoiy qimmatli fazilatlarini
shakllantirishning negizi va asosiy manbai;
ü
tarbiyalanuvchilarning oʻzaro tarbiyaviy ta’siri, oʻzaro munosabatlari hamda faol
faoliyati oʻrtasidagi bogʻlanish;
ü
tarbiya va oʻzini-oʻzi tarbiyalashning intensivligi;
ü
tarbiyalanuvchining “ichki olami”ga ta’sir etishning intensivligi (G.I.
Ùukina);
ü
tarbiyalanuvchilarda verbal va sensomotor jarayonlarning rivojlanish
darajasi va pedagogik ta’sirni hisobga olish (G.I. Shukina).
Tarbiya tamoyillari
Tarbiya tamoyillari deb yosh avlodni tarbiyalash
maqsadidan kelib chiqadigan va komil insonni tarbiyalashning mazmuni va yoʻnalishiga
qoʻyiladigan eng muhim talablarni belgilab beruvchi asosiy gʻoya va
qoidalar yigʻindisiga aytiladi.
Tarbiya tamoiyllari oʻqituvchi va
tarbiyalanuvchilarga yoʻl-yoʻriq koʻrsatuvchi qoidalar boʻlib,
yosh avlodni tarbiyalash, barkamol insonni shakllantirish vazifalariga muvofiq
belgilanadi, shuningdek, ular shaxs tarbiyasi borasidagi ilgʻor
ta’limotlar gʻoyalariga hamda pedagogika fanida erishilgan yutuqlarga
asoslanadi.
Tarbiya tamoyillari tarbiya jarayoni
qonuniyatlarini aks ettiradi. Tarbiyaviy jarayonda ilgʻor tamoyillarga
amal qilinishi tarbiya samarasini ta’minlaydi. Tarbiya tamoyillari
quyidagilardan iborat:
· Tarbiyaning maqsadga yoʻnaltirilganligi
va gʻoyaviyligi;
· Tarbiyada demokratik va insonparvarlik gʻoyalarining
ustunligi;
· Tarbiyada milliy, umumbashariy qadriyatlarning
ustunligi;
· Tarbiyada izchillik va tizimlilik;
· Tarbiyaning ijtimoiy hayot bilan qoʻshib
olib borish;
· Tarbiyani mehnat bilan bogʻlash;
· Tarbiyalanuvchi shaxsni xurmat qilish;
· Tarbiyada oʻquvchining yosh va alohida
xususiyatlarini hisobga olish;
· Jamoa va jamoa yordamida tarbiyalash;
· Tarbiyada oʻquvchi xulqidagi ijobiy
sifatlarga tayanib, salbiy tomonlarni yoʻqotish.
Tarbiyaning
maqsadga yoʻnaltirilganligi va gʻoyaviyligi
– oʻqituvchi ijtimoiy tarbiya maqsadi va vazifasini aniq tasavvur etishi
va puxta anglab olishi zarur.
Yosh avlodni yuksak gʻoyaviylik ruhida
tarbiyalash – ularning ongiga xalq, millat, yurt, jamiyat manfaatlaridan yuqoriroq
manfaat boʻlishi mumkin emasligini singdirish, ularni vatanga, xalqqa
muhabbat ruhida va sadoqatli qilib tarbiyalash demakdir. Bu sohada mustaqil
respublikamiz xalq ta’limi hodimlarining asosiy vazifasi erkin, ijodkor,
mustaqil fikrlash qobiliyatiga ega, yetuk mutaxassis komil shaxsni
tarbiyalashdan iboratdir. Maktabda va maktabdan tashqarida olib boriladigan
tarbiyaviy ishlarning barchasi ijtimoiy tarbiyaning maqsadini ruyobga
chiqarishga yoʻnaltirilishi zarur.
Oʻqituvchi (tarbiyachi)lar jamoasi va har
bir oʻqituvchi – tarbiyachi tarbiyaning maqsadi har tomonlama kamol topgan
mukammal inson shaxsini tarbiyalashdan iborat boʻlishi lozim. Ana shunda
mazkur tamoyil oʻz vazifasini bajargan boʻladi.
Tarbiyada
demokratik va insonparvarlik gʻoyalarining ustunligi
– tarbiyada inson shaxsini ijtimoiy qadriyat deb tan olish har bir bola, oʻsmir
va oʻspirinning betakror va oʻziga xosligini xurmatlash, uning
ijtimoiy xulqi va erkinligini hisobga olish lozim. Tarbiyani demokratiyalash bu
– tarbiyani ma’muriy ehtiyoj va qiziqishlaridan yuqori qoʻyish, tarbiyachi
va tarbiyalanuvchi oʻrtasidagi oʻzaro ishonch, hamkorlik asosida
pedagogik munosabatlar mohiyatini oʻzgartirish demakdir. Bu tarbiya ishiga
jamoatchilikni jalb qilish, uning rivojlanishiga jamoat omilini kiritish
demakdir. Oʻqituvchi oʻquvchiga avvalgidek tarbiya obyekti emas,
balki oʻzi kabi subyekt deb qarashi darkor. Ya’ni oʻquvchi teng
huquqli hamkor, hamfikr deb qarash lozim.
Umuman, ta’lim va tarbiyani
insonparvarlashtirishning diqqat markazida insonning muhim masalasi va
muddaosi, ya’ni bolalarda inson shaxsiga dunyodagi eng yuqori, bebaho boylik
sifatidagi munosabatini shakllantirishdek faoliyat yotadi.
Tarbiyada
milliy va umuminsoniy qadriyatlar ustunligi – xalqning
koʻp asrlik qadriyatlarini, ulkan va boy merosini chuqur bilmasdan milliy
oʻzlikni anglash, milliy gʻurur tuygʻusini qaror toptirish
mumkin emas. Shu bois, xalq an’analari, urf odatlari, marosimlari, xalq ogʻzaki
ijodi, milliy oʻyinlar va ularda ifodalangan gʻoyalarni oʻquvchilar
ongiga singdirish, ularda ushbu gʻoyaga nisbatan hurmatni qaror toptirish
lozim.
Umumbashariyat uchun qadrli, ardoqli boʻlgan,
insoniyat oʻtmishi, buguni hamda kelajagi uchun dahldor qadr-qimmatga ega
boʻlgan an’anlar, urf-odatlar haqida ma’lumotlar berish, ularda
mehr-muhabbat tuygʻusini uygʻotish, ularni qoʻllab-quvvatlash,
ezgu gʻoyalar uchun kurashish hissini qaror toptirish tarbiya jarayonida
amalga oshirilishi lozim.
Tarbiyada
izchillik va tizimlilik – tarbiyaga yaxlit tizimli
yondoshish pedagogik harakatning pirovard natijasiga yoʻnaltirilganlik
darajasini belgilab beradi. Bunday pedagogik maqsad va vazifalar, ularning
mazmuni tarbiyaviy jarayonning barcha qatnashuvchilari tomonidan tan olinishi
shart.
Tarbiyada izchillik juda muhimdir. Oʻquvchilarga
birdaniga koʻp talab va qoidalarni taqdim qilish mumkin emas. Oʻqituvchilar
oʻquvchilarga boʻlgan munosabat jarayonida oʻzaro bir-biriga zid
harakatda boʻlmasliklari, yagona talab qoʻyishlari lozim.
Tarbiyani
ijtimoiy hayot bilan qoʻshib olib borish. Mehnatning tarbiyaviy
ta’siri gʻoyat kattadir. Mehnatda ishtirok etish va unumli mehnat qilish
bilan shaxs oʻz qobiliyati va iste’dodini namoyon qiladi va kamolga
yetadi. Mehnat yosh avlodning tarbiyasi uchun juda katta vositadir. Oʻquv
mehnati va ijtimoiy foydali mehnat oʻquvchi shaxsiga ijobiy ta’sir etadi,
bu ikki faoliyat birligi bolani faollashtiradi, xulq birligini taminlaydi,
tashabbuskor va izlanuvchan qiladi. Mehnat bolalarga siyosiy-ma’naviy tarbiya
berish uchun zamin hozirlaydi. Shuning uchun oila va maktablarda bolalarni ilk
yoshidan boshlab mehnatsevarlik ruhida, mehnatga muhabbat va mehnat kishilariga
hurmat ruhida tarbiyalashga alohida e’tibor beriladi. Maktabda oʻqishning
oʻzi ham mehnatdir. Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarning
aksariyati ham mehnat tarbiyasi bilan mustahkam bogʻlangan.
Tarbiyalanuvchi
shaxsini hurmat qilish – oʻquvchilarni ijtimoiy
tarbiyalashning muhim tamoyillaridan biri ularning shaxsini hurmat qilishdir.
Bu tamoyil insonparvarlik munosabatidan kelib chiqadi. Oʻquvchi shaxsini
hurmat qilish, ularga mehr-muhabbat koʻrsatish va ularga ishonish shart.
Tajribalarning koʻrsatishicha, qayerdaki oʻquvchilarga hurmat,
muhabbat, ishonch boʻlsa, shu yerda tarbiyaning ta’siri samarali boʻladi.
Bolalarga hurmat va muhabbat ular kuchiga kuch qoʻshadi, oʻqituvchiga
nisbatan hurmatni uygʻotadi.
Tarbiyada
oʻquvchining yosh va alohida xususiyatlarini hisobga olish
– tarbiyaning mazmuni, shakl va metodlari bolalarning
yosh va saviyasiga qarab turli sinflarda turlicha boʻladi. Bolalar maktabda
rivojlanishining turli davrlarini bolalik, oʻsmirlik va oʻspirinlik
bosqichlarini bosib oʻtadilar. Shu davrlar ichida bolaning axloqiy turgʻunligi
rivojlanadi, xulqi va ongi oʻrtasidagi uygʻunlik vujudga keladi.
Tarbiya berishda har bir oʻquvchining shaxsiy xususiyatlarini ham hisobga
olish katta ahamiyatga ega. Bolalarning jismoniy va ma’naviy oʻsishida bir
qadar umumiylik bor, biroq bolalarning tavsif-xislatlari, qobiliyat va
mayllari, qiziqishlari, irodaviy sifatlari har xil boʻladi. Bu farqlar ularning
xulqida, oʻqishi va mehnatida aks etadi. Bir oʻquvchiga nisbatan
foydali metodni boshqa oʻquvchiga nisbatan qoʻllaganda natijasiz boʻlib
chiqishi mumkin. Shuning uchun har bir oʻquvchi xususiyatini oʻrganish
maqsadga muvaffiqdir.
Jamoada
va jamoa yordamida tarbiyalash – tarbiya jarayoni oʻquvchilarning
jamoa boʻlib birlashishlari, ularda manfaatdorlik birligi, oʻzaro
yordam tuygʻusini oʻstirishga hizmat qilishi lozim. Tuygʻu
tashkil etilgan jamoa a’zolarining qobiliyat va iste’dodini rivojlantirish
uchun keng yoʻl ochadi. Jamoada bola har tomonlama rivojlanishi uchun keng imkoniyatga
ega boʻladi. Oʻquvchilar ahil jamoa boʻlib uyushganlaridagina tarbiyaviy ishlarini amalga oshirish ancha yengil va
muvaffaqiyatli boʻladi,
har bir shaxsga
ta’sir etadi. Oʻz manfaatini jamiyat manfaaati bilan qoʻshib olib borish, oʻzaro yordam kabi fazilatlar,
avvalo, jamoada shakllanadi. Oʻqituvchi
hamma vaqt oʻquvchilar jamoasiga tayanmogʻi, ularni jamoa boʻlib turli ishlarni bajarishga odatlantirib, jamoada yashash va ishlashga
oʻrgatib borish lozim.
Tarbiyada oʻquvchi xulqidagi ijobiy sifatlarga tayanib, salbiy xislatlarini yoʻqotib borishga e’tibor qaratish lozim. Mahoratli pedagoglar
oʻz oʻquvchilaring
shaxsiy fazilatlarini yaxshi biladilar. Tarbiya maqsadini amalga oshirish uchun bola xulqidagi ijobiy sifatlarga suyanib ish koʻradilar. Boladagi ijobiy sifatlarga tayanish uning salbiy sifatlarini yoʻqotish, yomon odatlardan qaytarishning eng yaxshi vositasidir.
Tarbiya muvaffaqiyati mazkur masalaning toʻgʻri hal etilishiga koʻp jihatdan bogʻliq.
Tarbiya jarayonini tashkil etishda oʻqituvchi (tarbiyachi) tomonidan qoʻllaniladigan metodlar ham muhim ahamiyatga egadir.
3. Tarbiya jarayonini amalga oshirishda innovasion
texnologiyalardan foydalanish.
Tarbiya
jarayonining mohiyati, qonuniyatlari hamda oʻziga xos jihatlari xususidagi
mavjud nazariy va amaliy gʻoyalarga, pedagogik bilimlarga tayangan holda
tarbiya texnologiyasining tarkibiy qismlarini quyidagicha belgilash mumkin:
tarbiya jarayonining umumiy loyihasi;
tarbiyani tashkil etishga boʻlgan ijtimoiy
ehtiyoj (ragʻbat);
tarbiya maqsadi;
tarbiya mazmuni (shakl, metod, usul va texnik
vositalar);
tarbiyachi faoliyati;
tarbiyalanuvchi faoliyati;
tarbiya samarasi (natija).
Tarbiya jarayonini texnologiyalashtirish aniq
maqsadga va ijtimoiy gʻoyaga asoslangan hamda tarbiyalanuvchilarda
ma’naviy-axloqiy sifatlarni shakllantirishga yoʻnaltirilgan pedagogik
faoliyatning tashkiliy-texnik jihatdan uyushtirilishi demakdir.
Ta’lim
jarayonidan farqli ravishda, tarbiya jarayonini tyexnologiyalashtirishda mazkur
jarayonning samarasini qisqa muddat oraligida koʻra olish imkoniyati yoʻq.
Tarbiya jarayonining oʻziga xos xususiyatlari, tarbiyalanuvchi va
tarbiyachi oʻrtasida yuzaga kyelish ehtimoli boʻlgan ziddiyatlar
tarbiyaviy jarayonni tyexnologiyalashtirishga nisbatan ijodiy va mas’uliyatli
yondashish zarurligini taqozo etadi.
Masalan,
umumiy oʻrta ta’lim muassasalari amaliyotidan ma’lumki, uzoq yillar
davomida mazkur muassasada faoliyat olib borayotgan oʻqituvchilarning koʻpchiligi
tarbiyaviy tadbirlarni tashkil etishga nisbatan «tarbiyaviy ishlar ryejasida
byelgilangan tadbirlarni oʻtkazishga majburman» kabilida yondashib
kyelganlar. Ularning asosiy e’tibori oʻzlari rahbarlik qilayotgan sinf
yoshlarini avvaldan tayyorlangan stsyenariyni yod olish va unga qat’iy amal
qilishga majburlash, shuningdyek, «maktab ma’muriyati hamda jamoasi oldida izza
boʻlib kolishga yoʻl qoʻymaslik» tamoyiliga muvofiq tarbiyaviy
tadbirni uyushtirishga karatilgan edi. Endilikda tarbiyaviy tadbirlarning oʻtkazilishiga
nisbatan bunday yondashuvlardan voz kyechish maqsadga muvofiq. Zyero, tayyor
ssyenariy asosida muayyan tadbirlarni tashkil etish jarayonida uning asosiy
sub’yektlari boʻlgan yoshlar faol ishtirokchi va tadbir natijasini
byelgilovchi shaxs sifatida emas, balki oddiy ijrochi sifatida qatnashadilar.
Bu holat esa bir qator salbiy oqibatlarni kyeltirib chiqaradi. Xususan:
1.
yoshlarda tarbiyaviy tadbirlarning oʻtkazilishiga nisbatan salbiy
munosabat shakllanadi;
2.
yoshlarda mustaqil fikrlash hamda ijodkorlik qobiliyatining tarbiyalanishi
uchun imkoniyat yaratilmaydi;
3.
yoshlarda tarbiyaviy tadbirlarning oʻtkazilishi ularning shaxs sifatida
kamol topishlarini ta’minlashga yoʻnaltirilganligi haqida emas, balki
sinfning ta’lim muassasasi jamoasi oldida «soxta obru» orttirish uchun xizmat
qiluvchi vosita ekanligi toʻgʻrisidagi xulosaning shakllanishi uchun
sharoit yuzaga kyeladi.
Umumiy
oʻrta ta’lim muassasalarida tashkil etiluvchi tarbiyaviy tadbirlarga
nisbatan tyexnologik yondashuv quyidagi holatlarning namoyon boʻlishi
bilan tavsiflanadi: tarbiyaviy tadbir mavzusi va gʻoyasini yoshlar
tomonidan bildirilgan shaxsiy tashabbuslar, ularning xohish-istaklariga kura
byelgilash; tarbiyaviy tadbir stsyenariysini ishlab chikishda yoshlarning
mustaqil faoliyat yuritishlari uchun shart-sharoitlarni yaratish; tarbiyaviy
tadbir mazmunida oʻz ifodasini topgan rollarning majburiy tarzda emas,
balki yoshlarning layoqati, qobiliyati, shuningdyek, kizikishlarini inobatga
olish asosida taksimlanishiga erishish; tarbiyaviy tadbirning tashkil etilishi
va oʻtkazilishida oʻqituvchining roli buyruk byerishdan iborat
bulmay, aksincha, yoshlarga yoʻl-yurik koʻrsatish, ularning
faoliyatini yoʻnaltirib turish hamda zarur urinlarda maslaxat byerish
sifatida aks etishiga erishish; tarbiyaviy tadbir maqsadining
natijalanganligini sinf, gurux yoshlarining faol ishtirokiga tayangan xolda
muxokama qilish, muxokama jarayonida oʻqituvchi tomonidan turli
tanbyexlarning byerilishiga yoʻl qoʻymaslik, aksincha yoʻl qoʻyilgan
xato va kamchiliklarning yoshlarning oʻzlari tomonidan aniqlanib, ularni
bartaraf etish (kyeyingi tadbirni oʻtkazish jarayonida ularning
takrorlanishining oldini olish) yoʻlida chora-tadbirlarni byelgilash muhim
ahamiyatga ega.
Tarbiya
jarayonini tyexnologiyalashtirishda mazkur jarayonni loyihalashtirish hamda
uning asoslarini byelgilash muhim ahamiyatga ega. Tarbiya jarayonini loyihalash
quyidagi boskichlarda kyechadi:
1)
tarbiyaviy tadbir mavzusiga doir matyerialni yigʻish;
2)
tarbiyaviy tadbir maqsadi va vazifalarini byelgilash;
3)
tarbiyaviy tadbirning mazmunini ishlab chiqish;
4)
tarbiyaviy tadbir shakli, myetodlari va vositalarini tanlash;
5)
tarbiyaviy tadbirni tashkil etish va oʻtkazish (davomiyligi) vaqtini
byelgilash;
6)
tarbiyaviy tadbir ssyenariysini ishlab chiqish;
7)
yoshlar faoliyatini nazorat qilish, ularning faollik darajalarini norasmiy
(yoshlarni bu haqda xabardor qilmasdan) baholash;
8)
loyihani amaliy faoliyatda qoʻllash;
9)
tarbiyaviy tadbirni tashkil etish jarayoni;
10)
tarbiyaviy tadbirning oʻtkazilish xolati (samarali, samarasiz,
muvaffaqiyatli, muvaffaqiyatsiz kyechganligi)ni muhokama qilish va yakuniy
xulosa chiqarish.
Bu
jarayonda tarbiyaviy tadbirlarning tashkil etilishiga nisbatan tyexnologik
yondashuv mohiyati yoshlar mustaqilligini ta’minlashda quyidagi omillarning
mavjudligiga e’tiborni qaratishni ham taqozo etadi:
-
yoshlarda tarbiyaviy tadbirlarning oʻtkazilishiga nisbatan ichki ehtiyoj,
qiziqish va ragʻbatning mavjudligi;
-
yoshlarning tarbiyaviy tadbirlarni mustaqil tashkil etish borasida muayyan
tajribalarga ega ekanliklari;
-
tarbiyaviy tadbir gʻoyasining yoshlar ichki ehtiyojlariga mos kyelishi.
Ta’lim
muassasalari amaliyotida yuqorida bayon etilgan omillarni inobatga olish va shu
asosida tarbiyaviy tadbirlarni tashkil etish ularning muvaffaqiyatli tashkil
etilishini ta’minlab qolmay, balki yoshlarda ularning oʻtkazilishiga
nisbatan ijobiy munosabatni shakllantiradi, ma’naviy-axloqiy sifatlarning
tarbiyalanishi uchun qulay sharoitni hosil qiladi.
Tarbiya
texnologiyasida oʻqituvchi tomonidan belgilanadigan maqsadlar turli
darajada boʻlishi va bosqichma-bosqich bir-biriga boʻysunishi,
ketma-ket bajarilishi mumkin. Biroq tarbiyaviy maqsadning asosiy mohiyati —
davlat maqsadlari, ijtimoiy buyurtmalardan kelib chiqishi lozim. Aytish
mumkinki, asosiy daraja - mamlakatda inson va uning fuqarolari qadr-qimmati toʻgʻrisidagi
ijtimoiy tasavvurlarni aks ettiradigan maqsadlardir. Ular mutaxassislar
tomonidan ishlab chiqiladi, hukumat tomonidan qabul qilinadi, qonunlar va
boshqa hujjatlarda qayd etiladi. Keyingi daraja - ta’lim dasturlari va
standartlarida aks etadigan maqsadlar, ya’ni davlat ta’lim standartlari, maxsus
ta’lim tizimlarining va ta’lim bosqichlarining maqsadlari. Eng quyi daraja —
muayyan yoshdagi kishilarni tarbiyalashda maqsadning birligi.
Shaxsni
shakllantirish, boshqarish tarbiyaviy faoliyat natijasida yuksak ma’naviy va
axloqiy xislatlarga ega boʻlgan yuqori malakali kadrlar tayyorlash
tasodifiy harakatlar orqali emas, balki, oldindan belgilangan va puxta oʻylab
toʻzilgan tarbiyaviy maqsadlar asosida olib boriladi. Tarbiyaviy
texnologiyada uning maqsadi, shakl va metodlari, shaxsning oʻz-oʻzini
tarbiyalash va qayta tarbiyalash jihatlari muhim ahamiyat kasb etadi. Shunday
ekan, oʻqituvchining tarbiyalash maqsadlarini toʻgʻri belgilashi
va yoʻlga qoʻya olishiga nisbatan gʻoyaviy yondashuv ijtimoiy
buyurtma asosida belgilanib, amalga oshirilishida mavjud shart-sharoitlarni
yaratish talab etiladi.
Barcha
ta’lim muassasalarida pedagoglar 3 asosiy jihatlarga ahamiyat berishlari lozim:
nazariy, ruhiy, amaliy.
Nazariy jihati - bu tarbiyachining pedagogik va psixologik
bilimlarini tizimiy ravishda oʻz mehnat faoliyatiga moslash;
Psixologik jihati – bu tarbiyalanuvchilar bilan kun davomida oʻzaro
munosabat oʻrnatish, muloqotda boʻlish jarayoni uchun sharoit
yaratish.
Amaliy jihati – bu tarbiyalanuvchi bilan oʻzaro munosabat oʻrnatish
davomida bilim va tajribasiga tayanib, barcha malaka va koʻnikmalarni qoʻllash.
Bu
uchala jihatlarning oʻzaro mantiqan bogʻliqligi ta’lim jarayonini
nazariy bilimlardan foydalangan holda amaliyotda qoʻllash uchun zamin
yaratadi.
Har
bir shaxsni hamkor sifatida qabul qilish va inkor etmaslik, sabrlik bilan
dunyoning xilma-xilligini tushuntirib borish, u bilan boʻladigan
munosabatlarning doimiy mexanizm tizimini mazmunli toʻzish barcha ta’lim
muassasalari mutaxassisining burch va vazifasidir.
Shaxsga
qaratilgan ta’lim modelini amalga oshirishda tarbiyachi doimo ahamiyat berishi
lozim boʻlgan faktorlar:
motivasion, ya’ni manfaatdorlik faktori – oʻz kasb faoliyatiga mas’uliyatli
boʻlish, ijodiy yondoshish, oʻz sohasini mukammal bilish;
shaxsga moslashish faktori – tarbiyachi faolligi, tarbiyalanuvchi va uning
ota-onasi hamda kasbdoshlari bilan boʻlgan munosabatlarda ichki va tashqi
kelishmovchiliklarni koʻrsatmaslik;
shaxsga yoʻnaltirilganlik – tarbiyachining tarbiyalanuvchiga nisbatan ideal
sub’ekt sifatida emas, balki oʻz ehtiyoj va imkoniyatlariga ega shaxs
sifatida munosabatda boʻlishi;
maxsus mutaxassislik – tarbiyalanuvchining individual koʻrsatkichlarini bilish, oʻz
bilim va malakasini pedagogik-psixologik jarayonda namoyon etish;
texnologik-uslubiy – pedagogik-psixologik jarayonda maqsadni belgilay olish, natijalarni
bashorat qila olish, innovasion usullarni qismlarga boʻlib maqsadli qoʻllash;
kommunikabellik (kirishimlilik) – ijobiy hissiyotlarga tayangan holda, perseptiv
insonni insonga nisbatan ijobiy qabul qilish, barcha bilan chiqishib ketish,
muloqot oʻrnatishning zamonaviy texnologiyalaridan keng foydalanish;
kasbiy mahorat – oʻz kasbi boʻyicha bilim, koʻnikma va malakalarini
mahoratlik bilan amaliyotda qoʻllash, doimiy izlanish, mustaqil va ijodiy
fikrlash, yangi malaka va koʻnikmalarga tayangan holda shaxsdagi
fiziologik oʻzgarishni kuzatish va tahlil qila bilish.
Boʻlajak oʻqituvshi tarbiyachi sifatidagi faoliyatida quyidagi
jarayonlarni bilishi lozim:
1.
Tarbiya muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida shaxsni har
tomonlama rivojlantirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib
toptirish jarayoni boʻlib, har qanday toʻzum va zamonda ijtimoiy
munosabatlar mazmunini aniqlash, ularni tashkil etish asosi boʻlib kelgan.
2.
Yosh avlod tarbiyasi turli makon va zamonda muayyan maqsad asosida tashkil
etiladi. Ijtimoiy tarbiyani yoʻlga qoʻyish jarayonida bir qator
vazifalar hal etiladi. Tarbiyaning maqsad va vazifalari ijtimoiy toʻzum
mohiyati, taraqqiyot darajasi, ijtimoiy munosabatlar mazmuni, shuningdek,
jamiyat fuqarolarining dunyoqarashi, intilishlari, orzu-niyatlari asosida
belgilanadi.
3.
Tarbiya jarayoninig xususiyatlarini chuqur anglash va ularni inobatga olgan
holda tarbiyani tashkil etish oldinga qoʻyilgan maqsadga erishish,
shuningdek, belgilangan vazifalarni ijobiy hal etish imkoniyatini beradi.
4.
Boʻlajak mutaxassis pedagogik texnologiyaga old bilimlar bilan bir qatorda
tarbiya texnologiyasiga oid bilimlarga ham ega boʻlishi shart: oʻqituvchi
xatti-harakatlarming algoritmi, tarbiyalash shakllarini bilishi, har qanday
tarbiyalash metodini amalga oshirish boʻyicha barcha operatsiyalarni
mukammal bajara olishi lozim.
Esda saqlab qolish uchun zarur boʻlgan
tushunchalar:
Tarbiya
– yosh avlodni muayyan maqsad yoʻlida har tomonlama voyaga yetishi uchun
ijtimoiy ong va xulq-atvorni tarkib toptirishga yoʻnaltirilgan faoliyat boʻlib,
insonning jamiyatda muayyan sifatlarini (jismoniy, ma’naviy, ruhiy, aqliy)
ta’minlash yoʻlida koʻriladigan chora-tadbirlar yigʻindisi.
Tarbiya
jarayoni – har bir insonning hayot uchun yashashi jarayonida
orttirgan saboqlari va intellektual salohiyatini oʻzida shakllantirish
hamda oʻzgalarga berish jaryonidir.
Tarbiya
maqsadi – talaba-yoshlarda milliy gʻoya va milliy
mafkurani shakllantirishda ilmiy pedagogik tadqiqot metodlari qoʻllaniladi.
Tarbiya
maqsadining aniqligi – Oʻzbekiston Respublikasining
«Ta’lim toʻgʻrisida» gi Qonuni, hamda «Kadrlar tayyorlash milliy
dasturi» larining gʻoyalarini e’tiborga olgan holda erkin, ijodkor,
mustaqil fikr egasi boʻlgan barkamol insonni tarbiyalab voyaga
yetkazishdan iboratdir. Ushbu maqsadga erishish yoʻlidagi asosiy vosita bu
shaxsda umumiy madaniyatni tarkib toptirishdir, ya’ni, shaxsning aqliy,
ahloqiy, jismoniy, estetik, iqtisodiy, ekologik, huquqiy, mafkuraviy hamda
mehnat madaniyatini shakllantirish kabi tarbiyaning bosh maqsadini amalga
oshirish imkoniyatini yaratishdan iboratdir.
Tarbiyada
demokratik va insonparvarlik gʻoyalarining ustunligi – tarbiyada
inson shaxsini ijtimoiy qadriyat deb tan olinishi, har bir bola, oʻsmir va
oʻspirinning betakror va oʻziga xosligini hurmatlash, uning ijtimoiy
xulqi va erkinligini hisobga olishdir.
Tarbiyada
milliy va umuminsoniy qadriyatlar ustunligi – xalqning koʻp
asrlik qadriyatlarini va ulkan hamda boy merosini chuqur bilish, milliy oʻzlikni
anglash, millat gʻurur tuygʻusini qaror toptirishlarga qaratilgan
faoliyatdagi asos. Bunda xalq ana’nalari, urf-odatlari, marosimlari, xalq ogʻzaki
ijodi, milliy oʻyinlar va ularda ifodalangan gʻoyalarni ta’lim
oluvchilar ongiga singdirish, ularda ushbu gʻoyaga nisbatan hurmatini qaror toptirish muhim
ahamiyat kasb etadi.
Tarbiya
tamoyillari – yosh avlodni tarbiyalash maqsadidan kelib
chiqadigan va komil insonni tarbiyalashning mazmuni, metodlari va yoʻnalishiga
qoʻyiladigan eng muhim talablarni belgilab beruvchi asosiy gʻoya va
qoidalar yigʻindisi.
Tarbiya
qonuniyatlari – tabiat yoki millatdagi har qanday murakkab
hodisa obyektiv ravishda mavjud boʻladigan barqaror aloqalar tizimidir.
Tarbiya
vazifasi – ma’naviy manbalar va hozirgi zamon talablari hamda
ehtiyojlarini nazarda tutgan holda oʻqituvchining oʻquvchi bilan aniq
bir maqsadga qaratilgan tarbiyaning samaradorligini qanday metodlardan
foydalanishga bogʻliqligi.
Tarbiyalanganlik
– milliy urf-odatlarga, qadriyatlarga e’tiqod bilan rioya qiladigan, noqonuniy
ishlardan oʻzini tiya oladigan, oʻz xatti-harakatlari bilan oʻzgalar
nafratini qoʻzgʻamaydigan xulq-atvordir.
Komil
inson – yetuk, toʻliq, mukammal, barkamol, olimu
dono, aqli teran, yaxshi tarbiya koʻrgan, odob-axloqli, ma’naviy jihatdan
toʻliq shakllangan inson.
English:
Education –
is a set of activities aimed at the formation of social consciousness and
behavior in order to reach the full development of the younger generation in a
specific way and the amount of measures to be taken to achieve certain
qualities of the person (physical, spiritual, mental).
Educational
process – the process of shaping and transmitting the lessons
and intellectual abilities that it has acquired during the course of life for
everyone.
Purpose
of education – scientifically pedagogical methods of research
are used in the formation of national ideas and national
ideology among students.
Educational
principles – a collection of basic ideas and rules that define
the most important requirements for the content, methods and orientation of the
upbringing of a younger generation.
Educational
norms – is a system of sustainable relationships that can
be objectively available to any complex event of nature or nation.
Teaching
function – the dependence of the teacher on the use of
effective teaching methods to the particular target of the teacher with regard
to the spiritual sources and the current needs and needs.
Upbringing –
national tradition is a behavior that doesn’t incite hatred of others through
its own behavioral actions that abstain from unlawful acts that adhere to
belief in values.
Perfect
person – mature, complete, perfect, competent,
knowledgeable, intelligent, well-educated, morally mature.
Mavzularni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar:
1. Tarbiya deganda nimani tushunasiz?
2. Tarbiyaning maqsadi nimadan iborat?
3. Tarbiya toʻgʻrisida taniqli oʻzbek
pedagogi Abdulla Avloniy nima degan?
4. Tarbiyaviy ishlarni demokratlashtirish
deganda nimani tushunasiz?
5.
Tarbiyaviy ishlarni insonparvarlashtirish nimadan iborat?
6. Oliy oʻquv yurtida ma’naviy-ma’rifiy
ishlarni qanday tashkil etiladi?
7. Barkamol inson oʻzida qanday
xususiyatlarni mujassam qiladi?
8. Tarbiyaning qanday turlari mavjud?
1.
Tarbiya jarayonining asosiy
qonuniyatlarini aytib bering.
2.
Tarbiya jarayonining tamoyillari deganda nimani tushunasiz?
3.
Tarbiya tamoyillari qanday qismlardan tashkil topgan?
4.
Tarbiya izchillik va
tizimlilik deganda nimani tushunasiz?
5.
Tarbiya toʻgʻrisida taniqli oʻzbek pedagogi Abdulla Avloniy nima degan?
6.
Tarbiya jarayonining tashkiliy tuzilmasini tushuntirib bering.
7.
Komil inson tarbiyasi deganda nimani tushunasiz?
8.
Tarbiyaning asosiy vazifasi nimadan iborat?
9.
Zamonaviy tarbiya deganda nima nazarda
tutiladi?
10.
Tarbiya jarayoniga ta’sir etadigan ichki
va tashqi omillarni izohlang.
11.
Tarbiya va ta’limning oʻzaro
mushtarakligini tushuntirib bering.
12.
Tarbiya jarayonining oʻziga xos
xususiyati nimadan iborat?
Mavzularni oʻrganishda foydalanish mumkin boʻlgan
adabiyotlar roʻyxati:
1.
Mirziyoyev Sh. Milliy taraqqiyot
yo’limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko’taramiz. – Toshkent:
“O’zbekiston” NMIU, 2017. – 592 b.
2.
Karimov
I.A. Yuksak manaviyat –
yengilmas kuch. – Toshkent: Ma’naviyat, 2008. – 174 b.
3.
Hasanboyev J. va
boshq. Pedagogika: Oliy o’quv yurtlari uchun darslik. – Toshkent: Fan, 2009. -
480 b.
4.
O’zbekiston Milliy ensiklopediyasi.
8-jild, 270 bet.
5.
Quronov
M. Otalar kitobi.1
6.
Hasanboyev
J. va boshq.
Pedagogika. Toshkent: Fan, 2006, 284 bet