5-mavzu: Maktabdagi tarbiyaviy ishlar tizimida sinf rahbarining faoliyati

I. REJA:

1. Tarbiyaviy ishlar jarayonida sinf rahbarining tutgan oʻrni.

2. Tarbiyaviy ishlar jarayonida sinf rahbarining burchlari.

3. Tarbiyaviy ishlar jarayonida sinf rahbarining vazifalari.

II. Mavzularni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar.

III. Mavzularni oʻrganishda foydalanish mumkin boʻlgan adabiyotlar roʻyxati.

 

Îïèñàíèå: Îïèñàíèå: * Tayanch ibora va atamalar: tarbiya, tarbiyachi, tarbiyaning mazmun-mohiyati, sinf rahbari, tarbiyaning ijtimoiy ahamiyati, oʻquvchi, tarbiyaviy ish, jarayon, maktab, sinf, oʻquvchi, sinf rahbari, burch, vazifa, tashkil qilish, bogʻlash, hamkorlik, faollik, yondashuv, talab.

 

1. Tarbiyaviy ishlar jarayonida sinf rahbarining tutgan oʻrni.

Umumta’lim maktablarida tarbiya jarayonini oqilona boshqarishasosiy vazifalardan hisoblanadi. Bunda sinf rahbari muhim oʻrin tutadi, va uning tarbiyaviy ishlardagi faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi “Ta’lim toʻgʻrisida”gi Qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, Xalq ta’limi vaziriligi tamonidan tasdiqlangan “Ichki tartib toʻgʻrisidagi Nizom” kabi bir qator ta’limga oid meyoriy-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinadi.

Sinf rahbarining asosiy funksiyasi oʻziga biriktirilgan sinfda barcha tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish, yoʻnaltirish va muvofiqlashtirib borishdan iborat. Sinf rahbari oʻz faoliyatida oʻz sinfini va alohida-alohida har qaysi oʻquvchini oʻrganishdan boshlaydi. Ma’naviyati boy boʻlgan sinf rahbari oʻquvchilar bilan alohida-alohida ishlashni amalga oshirishi, oʻquvchilarga oʻz ta’siri, metodlarini mohirlik bilan qoʻllashi kerak. Sinf rahbari koʻrgazmali qurollardan samarali foydalanish, oʻquvchilarning darsdan boʻsh vaqtlaridan foydalanish va bolalar ijodiy qobiliyatini oʻstirishda, ularni har tomonlama kamol toptirishda yordam beradi. U bu funksiyani bajarishda oʻquvchilar bilan individual va jamoaviy munosabatga kirishadi. Shu ma’noda quyidagi modelga diqqat qiling:

Îïèñàíèå: Îïèñàíèå: F:\Portal\Books\TIM\My Project\CD_Root\AutoPlay\Docs\Mavzular\m5\5-mavzu.files\image002.gif

 

Tarbiyaviy ishlar jarayonida sinf rahbarining tutgan oʻrni.

Bunda quyidagilarga amal qilinadi:

1.Tashkillashtirish:

- sinfda maqsadli tarbiyani yoʻlga qoʻyadi;

- tarbiyaviy ishlar rejasi va dasturini tuzadi, amalga oshiradi;

- tarbiyaviy ishlarni boholab boradi;

- tarbiyaviy ishlarga oid muommolarni hal qiladi.

2.Yoʻnaltirish:

- oʻquvchilar va maktab jamoasini tarbiyaviy ishlarga eng muhim belgilaydi;

- sinfda olib boriladigan tarbiyaviy ishlar ishtirokchilarining ahilligi va birligini ta’minlab beradi;

- tarbiyaviy ishlarni takomillashtirib borish choralarini koʻradi.

3.Muvofiqlashtirish:

- sinfda fanlar oʻqituvchilari tamonidan olib borilayotgan tarbiyaviy ishlarni muvofiqlashtiradi;

- maktab direktorining ma’naviy-ma’rafiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari tashkilot va “Kamalak” bolalar tashkiloti, yoshlar ittifoqi, ota-onalar qoʻmitalarining tarbiyaviy ishlardagi hamkorligini ta’minlaydi;

- tarbiyaviy ishlar monitoringini olib boradi;

- sinf tarbiyaviy ishlarining istaqbollarini moʻljallaydi.

Zero, sinf rahbarining tarbiyaviy ishlarda tutgan oʻrni muhim ahamiyatga ega. Bunda sinf rahbari faoliyatida quyidagilar birlamchi oʻrin tutishini qayd etish lozim:

a) tarbiyaviy ishlarni kengaytirib borish;

b) tarbiyaviy ishlar metodlarini eng maqbullarini tanlay olish;

v) tarbiyaviy ishlar shakllarining toʻgʻrisini belgilash.

Malakali va mahoratga ega sinf rahbari tarbiyaviy ishlar quyidagi talablarga javob beradi:

- yuqori darajada ma’naviyatlilik va yetuk darajada pedagogik-psixologik tayyorgarlik;

- milliy gʻoya, taraqqiyot va istiqbolga sadoqatli boʻlish;

- ahloqiy yetuklik, huquqiy faollik va ijtimoiy faollikda oʻquvchilar va oʻzgalarga ibrat koʻrsatish;

- tarbiyviy ishlarda oqil pedagog va nafis psixolog sifatida ish koʻrish.

Sinf rahbarining tarbiyaviy ishlardagi mavqyeyi va nufuzi tarbiya metodlarini yaxshi bilishi bilan ham belgilanadi. Bunday metodlarning eng asosiylar quyidagilardir:

1) Shaxs ongini shakllantiruvchi metodlar:

- suhbat;

- mashgʻulot;

- bahs;

- ibrat.

2) Axloqiy faoliyat va xulq-atvor fazilatlarini shakllantirish metodlari:

- pedagogik talab;

- ijtimoiy fikr;

- oʻzlashtirish;

- boshqarish;

- tarbiyaviy vaziyat yaratish;

3) Faoliyat samaradorligiga erishish metodlari:

- oʻrganish;

- odatlanish;

- musobaqa;

- ragʻbatlantirish.

 

2. Tarbiyaviy ishlar jarayonida sinf rahbarining burchi.

Burch bu ahloqning asosiy mezonlaridan biri boʻlib, u “har bir kishining oʻz vazifasini toʻliq bajarishi va odamlarga toʻgʻri munosabatda boʻlish kabi fazilatlarni ifodalaydi”. Sinf rahbarining tarbiyaviy ishlar jarayonidagi burchi tarbiyaviy ishlarni ma’suliyat, onglilik va vijdon bilan tashkil qilish hamda olib borishdan iboratdir. Mazkur masalada quyidagi variantga e’tibor bering:

Îïèñàíèå: Îïèñàíèå: F:\Portal\Books\TIM\My Project\CD_Root\AutoPlay\Docs\Mavzular\m5\5-mavzu.files\image003.gif

 

Tarbiyaviy ishlar jarayonida sinf rahbarining burchi.

Bu masalada quyidagilarga e’tibor berish maqsadga muvofiq:

1. Tarbiyaviy ma’suliyatlik. Sinf rahbari tarbiyaviy ishlar uchun eng ma’sul shaxsdir. Bunda u gʻoyaviy, ma’naviy , ahloqiy , jismoniy, estetik kabi shakllanishlarga yoʻnaltirilgan tarbiyaviy ishlarni vijdonan, halol va ongli ravishda tashkil qilish kerak.

2. Malakaviy mahoratlik. Sinf rahbari sinfda tashkil qilinadigan tarbiyaviy ishlarni yuksak va mahorat bilan yoʻlga qoʻyishi shart. Aks holda sinfda olib boriladigan tarbiyaviy ishlar kutilgan darajada kechmaydi.

3. Ijtimoiy javobgarlik. Sinf rahbari tarbiyaviy ishlar uchun jamiyat va shaxs oldida javobgar hisoblanadi. Chunki unga bu faoliyat ishonib topshirilgan.

Zero, sinf rahbarining tarbiyaviy ishlar jarayonidagi burchi Ma’suliyat, Malaka, va Javobgarlik bilan belgilanadi. Negaki kuzatishlar shuni koʻrsatadiki, oʻquvchi koʻp hollarda sinf rahbarini barchadan koʻra eng yaqin doʻsti, sirdoshi va maslahatchisi deb biladi. Bunday ishonch sinf rahbaridan tarbiyaviy ishlar jarayonini oqilona tashkil etish va olib borishni tqozo etadi. Shu ma’noda sinf rahbari oʻz burchini bajarish jarayonida:

1) bor imkoniyatlar va vositalar yordamida oʻqituvchilar va maktab jamoasi bilan sinfda olib boriladigan oʻquv tarbiyaviy ishlarda hamkorlik qiladi.

2) oʻquvchilar jamoasini shakllantirish va bu jamoani tarbiyaviy ishlarga jalb qiladi;

3) oʻqituvchilar va oʻquvchilarning hamkorligini ta’minlaydi;

4) oʻqituvchilar, maktab jamoasi va mutaxassislar ishtirokidasinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarni olib boradi;

5) sinfning tashqi olam bilan koʻp tamonlama aloqalarini yoʻlga qoʻyadi va tartibga solib turadi.

Bularning barchasi sinf rahbarining tarbiyaviy ishlar jarayonidagi burchi hisoblanadi. Bu hol sinf rahbarini tarbiyaviy ishlar tashkilotchisi va oʻquvchilar Ustozi sifatida namoyon qiladi.

Tarbiyaviy ishlar jarayonidagi sinf rahbari burchining mazmuni ma’naviy tarbiya ishlarini tashkil qilish bilan bogʻliq. Unga koʻra, umumta’lim maktabi oʻquvchilari “kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli yashash ” uchun layoqatli boʻlib voyaga yetishlari kerak. Buning uchun sinf rahbarining hushyorlik , sezgirlik, qatiyatlik va ma’suliyatlik tamoyillariga asosan tarbiyaviy ishlarni yoʻlga qoʻyilishi taqozo etiladi.

Qachonki tarbiyaviy ishlar jarayonida sinf rahbari oʻz burchini bajarsa, kutilgan natijaga erishish mumkin. Shu ma’noda boshlangʻich sinf oʻquvchilari oʻz sinfi uchun oʻqituvchi va Ustoz, yuqori sinf rahbarlari oʻquvchilar uchun Ustoz va oʻqituvchi hisoblanadi. Sinf rahbari tarbiyaviy ishlarda oʻz burchini bajarmasa, sinfda ma’naviy muhit ayniydi, ta’lim samaradorligi susayadi va oʻquvchilarning ahloqiy rivojlanishiga darz ketadi.

 

3. Tarbiyaviy ishlar jarayonida sinf rahbarining vazifalari.

Umumta’lim maktablarida olib boriladigan tarbiyaviy ishlar jarayonida keng koʻlamlixususiyatga ega. Lekin ulardan gʻoyaviy, ma’naviy- ahloqiy, jismoniy, estetik, fuqorolik kabi tarbiyaviy ishlar eng asosiylari hisoblanadi. Shu ma’noda tarbiyaviy ishlar jarayonidagisinf rahbarining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

- tarbiya ishlarini insonparvar, demokratik va dunyoviy xarakterda yoʻlga qoʻyish;

- tarbiyaviy ishlar rejalari va dasturlarini davlat ta’lim standartlariga mos ravishda yagona va tabaqalashtirilgan tarzda ishlab chiqish;

- oʻquvchilarning layoqati, qobiliyati va istedodini oʻstirishni tashkil qilish;

- tarbiyaviy ishlarni maqsad-muddaoli, rejali va tizimli yoʻlga qoʻyish;

- oʻqituvchilar, maktab jamoasi, ota-onalar qoʻmitasi, Kamalak“ bolalar tashkiloti va Yoshlar ittifoqi yetakchilari, mahalla faollari hamda keng jamoatchilikning tarbiyaviy ishlardagi hamkorligini uyushtirish;

- oʻquvchilarda gʻoyaviy sobitlik, ma’naviy barkamollik, ahloqiy yetuklik, jismoniy sogʻlomlik koʻnikmalarini voyaga yetkazishga yoʻnaltirilgan tarbiyaviy ishlarni olib borish.

Zero, sinf rahbarining tarbiyaviy ishlar jarayonidagi vazifalari eng muhim muammolarni qamrab olishi bilan xarakterlanadi. Bu vazifalar hozirgi kunda “mafkuraviy, gʻoyaviy va informasion kurashlar kuchayib borayotganligi” [5,3] Bilan ham dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Shu ma’noda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 25 avgustdagi PQ -451-sonli “ Milliy gʻoya targʻiboti va ma’naviy ma’rifiy ishlar samarodorligini oshirish toʻgʻrisidagi” Qarorga binoan sinf rahbari tarbiyaviy ishlar jarayonidagi vazifalarning ijtimoiy ahamiyatini quyidagicha belgilash mumkin:

1. Hozirgi murakkab davrda sinf ma’naviy-ma’rifiy tarbiya ishlarni zamon talablari asosida tashkil qilish;

2. Oʻquvchilarni turli gʻoyaviy, ma’naviy, mafkuraviy va ahloqiy hurujlardan himoya qilish;

3. Oʻquvchilarning hayotga ongli va mustahkam pozitsiyali munosabatini shakllantirish;

4. Oʻquvchilarning yor atrofda yuz berayotgan voqyealarga dahldorlik hissini tarkib toptirish.

Shunday qilib tarbiyaviy ishlar jarayonida sinf rahbarining vazifalari boʻlishi muhim ijtimoiy va pedagogik ahamiyatga ega. Buning sinf rahbari tarbiyaviy inkor jarayonining tashkil qilishda aniq rejani chorarakning muddati mos ravishda quyidagi shaklda tuzish mumkin: 

Sinf bilan ishlash vazifalari

Ishlar mazmuni (boʻlimlar asosida )

Oʻtkazish muddati

Tadbir ishtirokchilari

Kutilgan yoki olingan natijalar

1

2

3

4

5

 

 

 

 

 

1-chizma. Sinf rahbarining tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish shakli.

 

Zero, tarbiyaviy ishlar jarayonida sinf rahbari muhim oʻrin tutadi. Bu masalada u aniq burch va vazifalarga ega.

Talabalar sinf rahbarining tarbiyaviy ishlar jarayonidagi tutgan oʻrni , burchi va vazifalari boʻyicha koʻnikma, malaka va tajriba hosil qilishlari kerak. Shunda bu borada erishilgan natijalari kutilgan darajada boʻladi.

Sinf rahbari hozirgi kunda asosiy tarbiyachi hisoblanadi. Shu sababli uning maqomi bugungi kunda quyidagilardan iborat:

1) Sinfdagi tarbiyaviy ishlar uchun asosiy shaxs boʻlishi;

2) pedagogik jamoa va ota-onalarga nisbatan tarbiyaviy ishlarda mutloq-vakolatga ega boʻlishi;

3) sinfdagi tarbiyaviy ishlarning samaradorligini ta’minlashi;

4) davlat va nodavlat tashkilotlarida bolalarning qonuniy vakili sifatida ishtirok etishi va h.k.

Demokratik jamiyat sharoitida sinf rahbarining ijtimoiy nufuzi yuqori boʻladi. Bu bir necha omillar bilan belgilanadi:

- bolani har xil salbiy ta’sir va holatlardan muhofaza qilish;

- bola huquqlarini roʻyobga chiqarish;

- bolani ijtimoiy himoyalash;

- bola tarbiyasi monitoringini amalga oshirish.

Hozirgi tezkor davrda ota-ona yoki oilada bola tarbiyasi bilan shugʻullanuvchilar bola tarbiyasi ishiga ishtiroksi sifatida qatnashmoqda, xolos. Sinf rahbari esa bola tarbiyasida ilmiy, ijtimoiy, gʻoyaviy, siyosiy talab va ehtiyojlar bilan ishtirok etadi. Buning uchun sinf rahbari quyidagi mezonlarga amal qilishi lozim:

- oʻz kasbining ustasi boʻlishi;

- bolani sevishi va bola huquqlarini bilishi;

- tarbiya ishining asoslari, metodlari va texnologiyalaridan yetarli darajada xabardor boʻlishi;

- ijodkor, izlanuvchan va namunali boʻlishi.

Shunday qilib sinf rahbari tarbiyaviy ishlar sohasida keng qamrovli ishlarni olib boradi va oʻz sinf oʻquvchilarini barkamol avlod qilib tarbiyalashda asosiy shaxs hisoblanadi.

 

Îïèñàíèå: Îïèñàíèå: F:\Portal\Books\TIM\My Project\CD_Root\AutoPlay\Docs\Mavzular\m5\5-mavzu.files\image004.jpg Esda saqlab qolish uchun zarur boʻlgan tushunchalar:

Tarbiya – inson shaxsi ma’naviy qiyofasini shakllantirishga qaratilgan say – harakatlar tizimidir.

Tarbiya vazifasi – ma’naviy manbalar va hozirgi zamon talablari va ehtiyojlarini nazarda tutilgan holda oʻqituvchining oʻquvchi bilan aniq bir maqsadga qaratilgan tarbiyaning samaradorligi tarbiyaning qanday metodidan foydalanishga bogʻliq.

Tarbiya jarayoni – tarbiya jarayonining mohiyati va jamiyat taraqqiyotidagi roli nihoyatda beqiyosdir. Insonni tarbiyalash, uni bilim olishga, mehnat qilishga undash va bu xatti-harakatini asta-sekin koʻnikmaga aylantirib borish lozim.

Tarbiya maqsadi – talaba-yoshlarda milliy gʻoya va milliy mafkurani shakllantirishda ilmiy pedagogik tadqiqot metodlari qoʻllaniladi.

Tarbiyaviy jarayon – rivojlanib borayotgan avlodning katta yoshdagilar tajribasini egallab borish jarayoni boʻlib, insonlarning rivojlanishini boshqarish hamda ularning shaxsiy hislatilari shakllanishiga zarur sharoitlar yaratib beradi.

Tarbiyaviy maqsad – fan asoslarini oʻzlashtirish orqali uning mazmunida yotgan gʻoyalar, dunyoqarashlar ta’sirida oʻzining shaxsiy sifatlarini, iymon-e’tiqodlarini shakllantirishni koʻzlashdir.

Tarbiyaviy munosabatlar – insonlar oʻrtasidagi doimiy munosabat (aloqalar) boʻlib, ular inson shaxsining rivojlantirishga, ya’ni, mustaqil ma’lumot, mustaqil ta’lim olish va oʻz – oʻzini tarbiyalashni shakllantirishga xizmat qiladi, shuningdek, bu boshqaruv jarayonida rahbarlar bilan xodimlar oʻrtasidagi munosabatlarda turli shakllarda namoyon boʻladi.

Tarbiyaviy soatlar – bilim yurti sharoitida darsdan tashqari tarbiyaviy ishlarni tashkil etishning asosiy shakllaridandir. Tarbiyaviy ishlar ma’rifiy, yoʻnaltiruvchi, baholovchi singari uch asosiy qismlarga boʻlinadi.

 

Îïèñàíèå: Îïèñàíèå: F:\Portal\Books\TIM\My Project\CD_Root\AutoPlay\Docs\Mavzular\m5\5-mavzu.files\image005.gif Mavzularni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar:

1. Tarbiyaviy ishlar jarayonida sinf rahbari qanday oʻrin tutadi?

2. Tarbiyaviy ishlar jarayonida sinf rahbarining burchi nimalardan iborat?

3. “Tarbiyaviy ishlar jarayonida sinf rahbarining vazifalari” mavzusida mustaqil ish yozing.

 

Îïèñàíèå: Îïèñàíèå: * Mavzularni oʻrganishda foydalanish mumkin boʻlgan adabiyotlar roʻyxati:

1. Mirziyoyev Sh. Milliy taraqqiyot yoʻlimizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga koʻtaramiz. – Toshkent: “Oʻzbekiston” NMIU, 2017. – 592 b.

2. Karimov I.A. Yuksak manaviyat – yengilmas kuch. – Toshkent: Ma’naviyat, 2008. – 174 b.

3. Joʻrayev R.X. Jaholatga qarshi ma’rifat Îïèñàíèå: Îïèñàíèå: F:\Portal\Books\TIM\My Project\CD_Root\AutoPlay\Docs\Mavzular\m5\5-mavzu.files\image007.gifJ. Xalq ta’limi.– T.: 2004.- ¹3. – B. 9-13.

4. Hasanboyev J. va boshq. Pedagogika: Oliy oʻquv yurtlari uchun darslik. – Toshkent: Fan, 2009. - 480 b.

5. Ismoilova Z, Tarbiyaviy ishlar metodikasi. T:. Istiqlol, 2003

6. Hasanboyev J:, Toʻraqulov X., Alqarov I., Usmanov N. Pedagogika. T:.Fan va texnologiya, 2010

7. Tarbiya ensiklopediya. Tuzuvchi M.N.Aminov. T:.Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti, 2010.

8. Mavlonova R., Rahmonqulova N., Normurodova B., Matnazarova K.Tarbiyaviy ishlar metodikasi. Darslik. Nizomiy nomidagi TDPU. Toshkent, 2014 ó.