6-mavzu: Sinf rahbarining tarbiyaviy faoliyati
samaradorligini oshirish usullari
I. REJA:
1. Tarbiyaviy ishlar
samaradorligini oshirishda sinf rahbarining oʻrni.
2. Sinf rahbari ish faoliyatinig maqsad
va vazifasi.
3. Sinf
rahbarining ma’naviy-ma’rifiy ishlari.
II. Mavzularni mustahkamlash uchun savol va
topshiriqlar.
III. Mavzularni
oʻrganishda foydalanish mumkin boʻlgan adabiyotlar roʻyxati.
Tayanch ibora va atamalar:
tarbiya, tarbiyachi, maktab, sinf rahbari, tarbiyaviy soat, oʻquvchi,
tarbiyaviy ish, jarayon, maktab, sinf, oʻquvchi, burch, vazifa, tashkil
qilish, bogʻlash, hamkorlik, faollik, yondashuv, talab.
1. Tarbiyaviy ishlar samaradorligini
oshirishda sinf rahbarining oʻrni
Sinf
rahbarining oʻquvchilarga koʻrsatadigan tarbiyaviy ta’sir kuchi koʻp
jihatdan uning ma’naviy qiyofasi oʻquvchilar ongi va xulq-atvorning
shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Maktab hayotida, talim -tarbiya
jarayonini boshqarishda sinf rahbarining oʻziga xos oʻrini bor. U
maktabda juda muhim va mas'uliyatli vazifani bajaradi. Sinf rahbari
faoliyatining aksariyat qismi tarbiyaviy jarayon bilan bogʻliqdir.
Sinf rahbari deganda - oʻquvchilarni bir
xil saviyada, bir xil yoshda, bilmi jihatidan ham teng boʻlgan jamoani
boshqarib turuvchi pedagog (sinf rahbari) tushuniladi.
Sinf
rahbarining asosiy maqsadi, oʻquvchilarni toʻgʻri tarbiyalash
jarayonida oʻquvchi va sinf rahbari bilan bir-birini tushuna olish va sinf
rahbari tomonidan oʻquvchilarga e’tiborliroq boʻlishdir. Boshlangʻich
sinf maktab ta’limining dastlabki bosqichi boʻlib, unda bolalar oʻqituvchi
rahbarligida birinchi qadam qoʻyadilar. Oʻquv faoliyatida bilim, koʻnikma
va malakalarni egallaydilar. Oʻqituvchi sinf bilan yolgʻiz ishlaydi
va koʻpincha tarbiyachi sifatida ish yuritadi.
Oʻqituvchilik
faoliyati bolalarga munosabatda, katta mehribonligi bilan gʻamhoʻrligi
bilan xarakterlanadi. Bular esa katta talabchanlik bilan olib boriladi. Oʻquvchilar
bilan olib boriladiga oʻzaro munosabatlarni toʻgʻri yoʻlga
qoʻyish hamda oʻquvchilarning oʻsishi va rivojlanishiga qarab
ularni tarbiyalash sinf rahbari uchun muhim ahamiyatga ega. Bunda oʻqituvchi
oʻquvchilarga pedagogik talablar berishga erishadi, ota-onalar, kuni
uzaytirilgan guruh tarbiyachilari jamoatchilik bilan doimo aloqa bogʻlab
turadi. Sinf jamosini tashkil etishda sinf rahbarining oʻrni katta
hisoblanadi. Sinf rahbari sinf jamoasini jipslashtirishda ota-onalar va
jamoatchilik bilan ham korlikni yoʻlga qoʻyadi. Hamkorlik shakllaridan
biri sinf ota-onalar majlisi oʻtkazishdir. Sinf majlisi oʻtkazish
uchun, avvalo, jamoani jipslashtirish zarur. Sinf rahbari majlisda koʻplab
bolalar tarbiyasiga oid masalalarni koʻradi. Sinf majlisida 3-4 ta
masalalar koʻrilib, muammoli tomonlar tahlil qilinadi va oʻz
yechimini topishi kerak boʻladi.
Sinf rahbari
majlis oʻtkazish davomida yaxshi oʻqiydigan bolalarni sinfda, yangi
jamoa ichida ragʻbatlantirishi kerak. Bunda bolalar bir-biriga doʻstona
munosabatda boʻlishadi. Shuning uchun ular bir-biriga intilib, yaxshi oʻqishga
harakat qiladi. Yomon oʻqiydigan bolalar yaxshi oʻqiydigan bolalarga
intilib ular ham yaxshi oʻqishga kirishadi. Bundan tashqari sinf rahbari oʻquvchilarning
bilim darajasini oshirish uchun oʻz sinfida kutubxona tashkil qilishi mumkin.
Bu kutubxonadagi kitoblarni oʻquvchilar sinfdan tashqari oʻqish
vaqtida yoki darsdan soʻng boʻsh qolgan paytlarida, oʻqib oʻzlariga
foydali tomonlarini olishi mumkin.
Sinf rahbari
har doim oʻquvchilardan xabardor boʻlib turishi kerak. Masalan, bir oʻquvchining
oʻzlashtirishi yomon boʻlsa, uni yaxshilash uchun oʻqituvchi
birinchi oʻrinda ota-onasi bilan uchrashib, surishtirishi lozim. Nimaga
yaxshi oʻqimaydi, nima uchun darslarni oʻz vaqtida qilmaydi, shular
haqida ota-onasi bilan suhbat olib borishi kerak. Agar bolaning oilasida hamma
sharoit boʻlib bola oʻzi yaxshi oʻqishni xohlasada, oʻzi oʻylagan
natijaga erisha olmayotgan boʻlsa, oʻqituvchi bolani yaxshi oʻqiydigan
oʻrtogʻining yoniga oʻtkazib qoʻyish kerak.
Bundan
tashqari shunga oʻxshagan oʻzlashtiruvchi oʻquvchilarni yigʻib,
har xil fanlardan masalan, matematika, ona tili, oʻqish va boshqalardan qoʻshimcha
darslarni tashkil etib, bolalarni oʻqishga boʻlgan talablarii,
qiziqishini yanada oshirishga oʻqituvchi harakat qilishi kerak. Oʻqituvchi
oʻquvchilarning ota-onalari bilan faol ishlashi zarur. Negaki, maktabda
sinfda boʻlayotgan ishlardan ota-onalar ham xabar topib, qiynalgan vaqtida
hamroh boʻlishi lozim. Buning uchun ota-onalar bilan oʻqituvchining oʻrtasida
bogʻlab turuvchi aloqa daftarchasini tutishi va uni doim qoldirmasdan
yuritib turishi darkor.
2. Sinf rahbari ish faoliyatinig
maqsad va vazifasi
Sinf rahbari quyidagi vazifalarni bajaradi:
1. Oʻziga
yuklatilgan sinfdagi tarbiyaviy ishlarni amalga oshiradi. Bu vazifani bajarayotganda
u yolgʻiz emas, shu sinfda dars berayotgan turli fan oʻqituvchilari
bilan hamkorlikda va ularga suyangan holda oʻquvchilarda milliy
dunyoqarash asoslarini shakllantiradi, axloqiy tarbiyasini rivojlantiradi. Oʻquvchilarning
darsdan tashqari tadbirlarini tashkil etadi va sinf jamoasini mustahkamlaydi.
2. Oʻquvchilarning
bilimga boʻlgan qiziqish va qobiliyatini hisobga olgan holda kasbga yoʻnaltirish
va hayotiy maqsadlarini shakllantirish sinf rahbarining alohida vazifasidir.
Ayni paytda har bir oʻquvchining sogʻligini mustahkamlashga ham
e’tabor beradi.
3. Sinf
rahbarining diqqat markazida oʻquvchilarning yuqori darajada oʻzlashtirishini
ta’minlash masalasi turadi. Buning uchun u har bir oʻquvchining kundalik oʻzlash
tirishidan voqif boʻlib turadi. O rqada qolayotganlarga oʻz vaqtida,
kechiktirmay yordam uyishtiradi.
4. Sinfdagi
oʻquvchilarning oʻz-oʻzini boshqarish ishlarini yoʻnaltiradi,
ular ishtirokida sinf jamoasining ijtimoiy foydali ishlardagi ishtirokini
ta’min etadi, maktab miqyosida uyishtirilayotgan muhim tadbirlarda oʻz
sinfining faol qatnashishini ta’minlaydi.
5. Sinf oʻquvchilarining
ota-onalari, oʻquv kuni uzaytirilgan guruhlarning tarbiyachilari, korxona
va muassasalardagi, turar joylardagi otaliqqa oluvchilar bilan yaqin aloqa oʻrnatadi.
6. Sinf
rahbari shu sinfda dars berayotgan barcha fan oʻqituvchilari oʻrtasida
oʻquvchilarga nisbatan yagona talablar oʻrnatishga erishadi,
ota-onalarga pedagogik bilimlar tarqatib, oila bilan maktab oʻrtasidagi
aloqani mustahkamlaydi.
7. Sinf rahbari
oʻz sinfidagi turli hujjatlarni: sinf jurnali, oʻquvchining
kundaliklari, tabellar, shaxsiy ma’lumotlari, turli xil reja va hisobotlarni
yuritadi.
Koʻrinib
turibdiki, vazifa keng va murakkab, ularni muvaffaqiyatli hal qilish sinf
rahbarinig shaxsiy sifatlariga ham bogʻliqdir. Tarbiyaviy ishlarning sifat
va samaradorligi, avvalo tarbiyachining gʻoyaviy ichonchiga va e’tiqod
darajadiga bogʻliq. Buning uchun sinf rahbari fan yangiliklarini muntazam
oʻzlashtirib borishi bilan oʻzining bilimini oshiradi. Sinf
rahbarining axloqiy obroʻsi gʻoyat darajada yuqori boʻlishi ham
bu oʻrinda muhimdir. Sinf rahbari ana shundagina tarbiyaviy ta’sir koʻrsatish
imkoniyatiga ega boʻladi. Tarbiyachining shaxsiy fazilatlari, ma’naviy
qiyofasi oʻquvchilar ongining va xulqining shakllanishiga katta ta’sir koʻrsatadi.
Chunki, tarbiyachi qobiliyati juda koʻp sifatlarni: chuqur bilim, keng
fikrlilik, ishga jon dildan koʻngil qoʻyish, bolalarga boʻlg an
cheksiz muhabbat, muomala nazokatligi, oqil va adolatlilik namunasi, sipolik va
vazminlik kabi fazilatlarning boʻlishi taqozo qilinadi.
3.
Sinf rahbarining ma’naviy-ma’rifiy ishlari
Sinf
tarbiyaviy soatlari maktab sharoitida tarbiyaviy ishlarni tashkil etishning
asosiy shakllaridandir. Sinf tarbiyaviy soatlari quyidagi: ma’rifiy, baholovchi,
yoʻnaltiruvchi singari uch asosiy tarkibiy qismlardan iborat boʻladi.
Ma’rifiy tarkibiy qismda: oʻquv dasturlaridan tashqari, oʻquvchilarning
etik, estetik, ruhiy tushunchalarni, fantexnika, xalq xoʻjaligi, dunyo
voqealarini boyitib, kengaytirib borishdan iborat ishlar amalga oshiriladi.
Baholovchi
tarkibiy qismda: oʻquvchilarda atrof-muhitga muayyan munosabatda boʻlish,
undagi moddiy va ma’naviy boyliklarimizning bahosi, ahamiyati va qadr-qimmati,
mehnat kishilari va Vatanimiz himoyachilarining shon-shuhrati, ona
Vatanimizning, ulugʻ xalqimizning shuhrati haqidagi tegishli
tushunchalarni hosil qilish va mustahkam qaror toptirishdan iborat sifatlar roʻyobga
chiqariladi.
Yoʻnaltiruvchi
tarkibiy qismda: oʻquvchilarning mavjud hayot haqidagi bilim va
tushunchalari toʻgʻri, maqsadga muvofiq yoʻnaltirilib,
teranlashtirilib, ularning hayotiy tajribasi, axloqi, boʻlgʻusi
turmush yoʻlini toʻgʻri tanlashdek hayotiy faoliyatlari, unda
tutgan mavqelari faollashtirilib, boshqarilib boriladi. Oʻqituvchi-tarbiyachi
tarbiyaviy soatning mavzuini belgilab, unga tegishli material toʻplayotganda
oʻquvchilarning yosh va oʻziga xos xususiyatlarini, sinfning
rivojlanganlik va tarbiyalanganlik darajasini, mahalliy shart-sharoitni albatta
e’tiborga olishi kerak. Maktab sharoitida tarbiyaviy ishlarni tashkil etishning
asosiy shakllaridan biri sinf tarbiyaviy soatlari boʻlib uni tashkil etish
pedagogning quyidagi yoʻnalishlar asosida olib boriladigan ishlaridan
iborat:
a) sinf tarbiyaviy
soatlarning mazmunini aniqlash;
b) tashkiliy jihozlash
ishlari;
v) sinf tarbiyaviy
soatlari turkumini rejalashtirish.
Oʻsib kelayotgan yosh avlodga maqsadga muvofiq ta’sir koʻrsatishda sinf tarbiyaviy soatlari ish mazmunini aniqlash
va rejalashtirish mavzularni fasllarga qarab, bayram, tarixiy sana hamda
voqealar, tinchlik, doʻstlik , mehnat, oila, baxt, kasb
tanlash, tabiatni sevish, vatanparvarlik, ajdodlarimiz merosi, insoniylik, axloqiylik singari tarbiyaviy muammolar asosida tasniflash katta muvaffaqiyatning garovi ekanligini koʻrsatmoqda.
“Inson
va insoniy munosabatlar”. Bunda jamiyatimizdagi insoniy munosabatlar, jonajon maktabi, oʻqituvchilari oʻz ota-onasi qarindosh-urugʻi, doʻstlari va boshqa kishilarga, jamoat mulkiga, ona Vatan boyliklariga
munosabat, yurish-turish madaniyati, muomalasi, rostgʻoʻylik, halollik,
mehnatga ongli munosabatda boʻlish.
“Fan va turmush”. Bunda
moddiy olam haqidagi haqiqatni, qarashlarni shakllantirish, fan texnika yangiliklari, bilim manbayi boʻlgan
kitobga munosabat, uni oʻqish qoidasi, turmush, madaniyat, bugungi kun turmush tarzi
kabi masalalarga e’tibor berish.
“Goʻzallik olamida”. Bunda goʻzallikning mohiyati, goʻzallikni his qilish, nafosat va etika tushunchalari,
hayotda insonning kiyinishda, turmushda, mehnatda, axloqda, muomala va nutq
madaniyatida, kuy va qoʻshiqlarda, she’riyatda, raqs va tasviriy san’atda,
haykaltaroshlik va me’morchilikda, zamonaviy ishlab chiqarish kabi sohalarda goʻzallik tushunchalariga e’tibor berishi.
“Davlat mustaqilligi va inson huquqi
haqida nimalarni bilasiz?” Bunda
davlat mustaqilligi, uning ma’nosi va
mohiyati, mustaqil davlat siyosati va iqtisodiyotining mazmuni, tashqi dunyo mamlakatlari bilan doʻstona aloqalar, elchixonalar vujudga keltirish, milliy mustaqillik imkoniyatlari, vatandoshlar bilan ishbilarmonlik doirasida aloqalar oʻrnatish, dunyo siyosiy voqealariga, huquq darajalari, oʻz haq-huquqi uchun kurash, ona
Vatannimizga, xalqimizga mehr-muhabbat, sadoqat, e’tiqod, dunyoviy gʻalabalarimizga munosabat kabilarga e’tibor berish.
“Sogʻ tanda – so gʻlom aql”. Bunda oʻquvchining kundalik faoliyat tartibi, uyida oʻquvchining oʻz burchagi boʻlishi, yosh va oʻziga xos xususiyatlariga qarab gigiyenik qoidalarga rioya qilish, jinsiy
tarbiya, gigiyena - inson goʻzalligi, madaniyati va salomatligi
garovi ekanligi kabilarga e’tibor berish.
“Ekologik tarbiya”da bolalarda tabiatning yer osti va yer usti
boyliklariga, tabiatga nisbatan javobgarlik, Ularni hozirgi va kelajak avlod
uchun avaylab asrash, koʻpaytirish hamda muhofaza qilish his-tuygʻularini, tushunchalarini tarkib toptirish kabilarga e’tibor berish lozim.
Sinf tarbiyaviy soatlarini tashkil qilish unga oʻquvchilarni ruhan tayyorgarlikdan boshlanadi, ular sinf tarbiyaviy soatlarini intizorlik bilan kutishlariga harakat qilish lozim. Koʻriladigan
masalalar nechogʻli muhokama va
munozarabop boʻlishi hamda u koʻngildagidek oʻtkazilishi darkor. Avvalo muhokama qilinadigan mavzu, uning mazmuni, uni oʻtkazish vaqti, tartibi va ushbu
mavzuga oid materiallarni topish lozim.
Tarbiyaviy soatlar uchun maktab
oʻquvchilari va oʻqitivchi tarbiyachilarga moʻljallangan hamda ommabop gazeta va jurnallar, pedagogikaga
oid va bolalar
tarbiyasiga doir badiiy adabiyot namunalari, kinolavha, kinofilm, diafilm va radio eshittirish va telekoʻrsatuvlardan, tarbiya mavzusiga yoʻnaltirilgan va shu kungi oʻquvchilar
uchun dolbzarb, hayotiy materiallardan tanlab olishlari kerak. Shundagina sinf oʻquvchilarining
qaynoq ijodiy faoliyati ta’minlangan boʻladi. Bunday vaqtlarda oʻquv-texnika vositalari, koʻrgazmali qurollar va
didaktik materiallardan unumli foydalanish esa soʻzsiz sinf tarbiyaviy soatlarini yanada ijobiy natijalarga olib keladi. Sinf tarbiyaviy
soati tarbiyaviy ishning ajralmas qismi boʻlib oʻquvchilar uchun ham, sinf rahbari uchun
ham amaliy-ijodiy ishdir.
Sinf tarbiyaviy soatlarida tanlangan mavzu boʻyicha oʻtkaziladigan
mashgʻulotlarga eng avvalo oʻqituvchi puxta tayyorgarlik koʻrishi lozim. Mashgʻulot jarayonida ustoz oʻz maqsadini oʻquvchilari ongiga yetkaza oladigan, ularning qalbini toʻlqinlantira oladigan, ta’sirchan va ifodali
bayon qila oladigan nutqqa ega boʻlishi, turli pedagogik ta’sirlar orqali singdira oladigan boʻlishi lozim. Sinf tarbiyaviy
soatlari uchun tanlangan mavzuning maqsadiga mos keladigan
kuy va qoʻshiqning
yangrashi, badiiy oʻqish, she’rxonlik, oʻz ijodiy ishlaridan namunalar koʻrsatish, muhokama qilinayotgan masalaga nisbatan oʻquvchilarning oʻz mustaqil fikrlarini bayon qilashlariga keng yoʻl berish, hayotiy muhim masalalar
haqida aniq va toʻgʻri xulosalar chiqarishlariga yoʻnaltirib borish lozim. Bu esa oʻquvchilarni
oʻz fikrlarini mustaqil va
erkin bayon qilishga odatlantirib, ularda faollikni kuchaytiradi.
Sinf tarbiyaviy soatlari uchun namunaviy mavzular roʻyxati.
1-sinf
Mustaqil Vatan.
Jonajon maktabim.
Yaxshi bola.
Oilamiz oʻzi bir dunyo.
Chin soʻzim.
Mening doʻstlarim kimlar.
Mehnat - mehnatning tagi rohat.
Men kim boʻlsam ekan?
Bir burda non qadri.
Oq paxta oppoq paxta.
Biz tabiatni sevamiz.
Fasllar nima deydi?
Meniki va bizniki.
Maktab mulki - mening mulkim.
Quyosh, havo - tanga davo.
Sogʻ yuray desang, ozoda boʻl.
Inson nima uchun oʻqiydi.
Bobolar merosi bebaho boylik.
Ona ulugʻ zot.
Otam bilan faxrlanaman.
Oilada yoshi kattalarga qanday
muomalada boʻlish kerak.
Kattaga hurmatda kichikka izzatda
boʻl.
Boshingga qilich kelsa-da, rost
soʻzla. Uvol degani nima?
2-sinf
Bizning oila.
Ota-ona bolaning baxt chirogʻi.
Inson odobi bilan.
Biz kimlardan oʻrnak olamiz.
Rostgoʻy bola.
Oʻzbekiston Respublikasining
gerbi, madhiyasi va bayrogʻi.
Xalol va harom .
Odobli bola elga manzur.
Bolalar huquqlari.
Oʻquvchining burch va
vazifalari.
A.Temur oʻgitlaridan
namunalar.
Qushlarni avaylab asrash
burchimiz.
A.Navoiy Vatan va vatanparvarlik
haqida!
Dasturxon atrofida oʻzingizni
qanday tutasiz.
Vatanparvarlik - muqaddas burch.
Salomlashish odobi.
Non - bebaho
boylik.
Jonajon
maktabim - mening.
Egri va toʻgʻri.
Onajonim siz
mening.
Qanday oʻquvchini
yaxshi bola deyishadi?
Qomusimiz -
baxtimiz.
Kimlar bilan
doʻst boʻlish mumkin?
Mehr-muruvvatli
boʻlaylik.
Ichimlik
suvini tejash - burchimiz.
3-sinf
Oʻzbekiston
mustaqil Vatan.
Olim boʻlsang
olam scniki.
Sening
kundalik faoliyating.
Kitob-oftob.
„Alifbeni oʻrgatgan,
toʻgʻri yoʻlni koʻrsatgan ...”
Koʻhna
obidalar - tarix guvohi.
Assalomu
alaykum!
Ovqatlanish
odobi.
Farzandlik
burchi
Oʻzbek
tilim - oʻz ona tilim .
Shifokorga
mehrim.
Bugungi
niyat - ertangi haqiqat.
Dasturxon
ustida suhbat.
Inson oʻz
bilimi bilan samoga yoʻl oladi.
Savob nima?
Doʻstlik
va oʻrtoqlik.
Kasal koʻrish
va yoshi katta kishilarni ziyorat qilish odobi.
Pardoz -
andoz oʻquvchiga xosmi?
Bobur -
dilbar shaxs.
Besh
bahoning sirlari.
Donolar
bisotidan: odobnoma durdonalari.
Oilada
tejamkorlik.
Hunarli odam
xor boʻlmas.
4-sinf
Buyuk va
muqaddassan mustaqil Vatan.
Forobiy
bobomiz deydilar.
Sogʻ
tanda - sogʻlom aql
Jamoat
joylardagi odob mezonlari.
Vatan
muhabbati
Qayerda
qanday salom lashish kerak.
Ilm olish va hunar oʻrganish
haqida.
Tabiatni asrab-avaylash -
burchimiz.
Non - aziz ne’mat.
Ona yurtim - oltin beshik.
Oʻz irodangizni tarbiyalay
olasizmi.
Ota - oila tayanchi, ona - oila
quvonchi.
Xushmuomala va muloyim soʻzli
boʻlish - eng yaxshi fazilat.
Oʻzingiz yashab turgan
mahalla tarixini bilasizmi?
Soʻzlashish va nutq
madaniyati.
Birni kessang, oʻnni ek.
Sinf va maktab shuhrati uchun
kurash har birimizning burchimiz.
Donolar deydilar.
Hayotning asosi - mehnat.
Goʻzallik olamida.
Yaxshi tarbiya - inson ziynati.
Namunali oila.
Ilm kaliti - kitob.
Esda saqlab qolish uchun zarur boʻlgan
tushunchalar:
Sinf rahbari
- oʻquvchilarni bir xil saviyada, bir xil yoshda, bilmi jihatidan ham teng
boʻlgan jamoani boshqarib turuvchi pedagog (sinf rahbari) tushuniladi.
Sinf tarbiyaviy soatlari
maktab sharoitida tarbiyaviy ishlarni tashkil etishning asosiy shakllaridandir.
Sinf tarbiyaviy soatlari quyidagi: ma’rifiy, baholovchi, yoʻnaltiruvchi
singari uch asosiy tarkibiy qism lardan iborat boʻladi.
Tarbiya vazifasi
– ma’naviy manbalar va hozirgi zamon talablari va ehtiyojlarini nazarda
tutilgan holda oʻqituvchining oʻquvchi bilan aniq bir maqsadga
qaratilgan tarbiyaning samaradorligi tarbiyaning qanday metodidan foydalanishga
bogʻliq.
Tarbiya jarayoni
– tarbiya jarayonining mohiyati va jamiyat taraqqiyotidagi roli nihoyatda
beqiyosdir. Insonni tarbiyalash, uni bilim olishga, mehnat qilishga undash va
bu xatti-harakatini asta-sekin koʻnikmaga aylantirib borish lozim.
Tarbiya maqsadi
– talaba-yoshlarda milliy gʻoya va milliy mafkurani shakllantirishda ilmiy
pedagogik tadqiqot metodlari qoʻllaniladi.
Tarbiyaviy jarayon
– rivojlanib borayotgan avlodning katta yoshdagilar tajribasini egallab borish
jarayoni boʻlib, insonlarning rivojlanishini boshqarish hamda ularning
shaxsiy hislatilari shakllanishiga zarur sharoitlar yaratib beradi.
Tarbiyaviy maqsad –
fan asoslarini oʻzlashtirish orqali uning mazmunida yotgan gʻoyalar,
dunyoqarashlar ta’sirida oʻzining shaxsiy sifatlarini, iymon-e’tiqodlarini
shakllantirishni koʻzlashdir.
Mavzularni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar:
1. Tarbiyaviy
ishlar jarayonida sinf rahbari qanday oʻrin tutadi?
2. Tarbiyaviy ishlar jarayonida sinf rahbarining
burchi nimalardan iborat?
3. Sinf rahbari ish faoliyatinig maqsad va
vazifasi nimalardan iborat?
4. Sinf rahbari ish faoliyatiga qanday pedagogik
talablar qoʻyiladi?
Mavzularni oʻrganishda foydalanish mumkin boʻlgan
adabiyotlar roʻyxati:
1. Mirziyoyev Sh. Milliy taraqqiyot yoʻlimizni
qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga koʻtaramiz. – Toshkent: “Oʻzbekiston”
NMIU, 2017. – 592 b.
2. Karimov I.A. Yuksak manaviyat – yengilmas
kuch. – Toshkent: Ma’naviyat, 2008. – 174 b.
3. Joʻrayev
R.X. Jaholatga qarshi ma’rifat J.
Xalq ta’limi.– T.: 2004.- ¹3. – B. 9-13.
4. Hasanboyev J. va boshq. Pedagogika: Oliy oʻquv
yurtlari uchun darslik. – Toshkent: Fan, 2009. - 480 b.
5. Ismoilova Z.,
Tarbiyaviy ishlar metodikasi. T:. Istiqlol, 2003
6. Hasanboyev J., Toʻraqulov X., Alqarov
I., Usmanov N. Pedagogika. T:.Fan va texnologiya, 2010
7. Tarbiya ensiklopediya. Tuzuvchi M.N. Aminov.
T:. Oʻzbekiston milliy
ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti, 2010.
8. Mavlonova
R., Rahmonqulova N., Normurodova B., Matnazarova K. Tarbiyaviy
ishlar metodikasi. Darslik. Nizomiy nomidagi TDPU. Toshkent, 2014 ó.