TALABALARNING
JAMIYATGA BOʻLGAN MUNOSABATI
KUChLI DAVLATDAN KUChLI JAMIYaT SARI! |
Demokratik davlat jamiyat
ma’naviy hayotini takomillashtirish, jamiyatning intellektual salohiyatini
rivojlantirish, ilm-fanni taraqqiy ettirish haqida koʻproq gʻamxoʻrlik
qiladi. Davlat jamiyat ma’naviyatining homiysi sifatida
ta’lim-tarbiya sohasida tub islohotlarni amalga oshiradi. Shunday
ekan, davlat qanchalik rivojlansa, jamiyat shuncha taraqqiy etadi.
Aziz
talaba, Siz jamiyat deganda nimani tushunasiz? Jamiyatning asosiy mazmunini nimalar tashkil etadi? Jamiyat hayotini qanday sohalarga ajratish mumkin?
Marhamat, mazkur elektron oʻquv
qoʻllanma orqali ushbu savollarga toʻliq javob olishingiz hamda oʻz
bilimingizni yanada mustahkamlashingiz mumkin.
Jamiyat – kishilarning tarixan
qaror topgan hamkorlik faoliyatlari majmui. Jamiyatdagi hamma narsa muayyan faoliyat jarayonida amalga oshadi.
Jamiyatning asosiy mazmunini insonlar faoliyati va
ular oʻrtasidagi ijtimoiy munosabatlar tashkil etadi. Bular ishlab
chiqarish, oilaviy, siyosiy, huquqiy, axloqiy, diniy, estetik faoliyatlar va ularga mos keluvchi munosabatlardir. Jamiyat
hayoti iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, madaniy-ma’naviy sohalarga ajratiladi.
Vatan –
kishilarning tugʻilib oʻsgan joyi, yurti, mamlakati, tarixan muayyan
xalqqa tegishli hudud hamda uning tabiati, aholisi, oʻziga xos
taraqqiyoti, tili, madaniyati, turmushi va
urf-odatlari majmui. Vatan ona kabi yagona, muqaddas. Vatan oldidagi qarzdorlik tuygʻusi, mas’uliyati har bir yetuk
insonga xos xususiyatdir. Vatanni sevish
vatanparvarlikda namoyon boʻladi (OʻzME. 2-jild, 395-bet).
Vatan –
ona yurt – kishilarning yashab turgan, ularning avlod va
ajdodlari tugʻilib oʻsgan joyi, hududi, ijtimoiy muhiti, mamlakati.
Vatan tushunchasi keng va tor ma’noda qoʻllaniladi.
Keng ma’noda butun bir xalq, ularning ajdodlari azaldan
istiqomat qilib kelgan hudud. Tor ma’noda kishi tugʻilib
oʻsgan uy, mahalla, qishloq nazarda tutiladi. Xalqning tili,
madaniyati, iqtisodiy turmushi, ruhiy, ma’rifiy va
ma’naviy ravnaq topa borishi natijasida shu xalqqa mansub kishilar orasida
mushtaraklik shakllanadi. Oʻzbekiston Respublikasi oʻzbek
millatining Vatanidir. Bu oʻrinda davlat bilan Vatan ayni bir
ma’noda ifodalanadi, ya’ni Oʻzbekiston Respublikasi, deganda Vatanni
tushunamiz, Vatan deganda Oʻzbekiston Respublikasini idrok etamiz
(Falsafa. qomusiy lugʻat, 68-bet).
Davlat – mamlakat miqyosida jamiyatni uyushtirish
masalalarini hal qilish, uning tashqi munosabatlarini belgilash vakolatlari boʻlgan
hukmron tuzilma. Davlat jamiyatni oʻz
qonun-qoidalariga koʻra idora qiladi, turli tip, shaklda tushkil topadi.
(OʻzME. 3-jild, 148-bet).
Davlat –
butun mamlakat miqyosidagi hokimiyatning maxsus boshqaruv apparatiga
tayanadigan, barcha uchun qonunlar chiqaradigan va
suverenitetga ega boʻlgan siyosiy tashkiloti. Davlat jamiyatning hokimiyat
kuchiga, shuningdek ijtimoiy ne’matlar hamda vositalarni taqsimlash
imkoniyatlariga ega boʻlgan qismi hisoblanadi (Falsafa lugʻat,72-bet).
Oila –
er-xotinlik ittifoqiga, qarindoshlik aloqalariga, umumiy xoʻjalik
yuritadigan er-xotin, ota-ona va bolalar, aka-uka va
opa-singillar va boshqa qarindoshlar oʻrtasidagi munosabatlarga
asoslanadigan kichik ijtimoiy guruh; jamiyatning asosi, davlat qudratining
manbai. Oilaning hayoti moddiy
(biologik, xoʻjalik) va ma’naviy (axloqiy, huquqiy, psixologik) jarayonlar bilan
xarakterlanadi. Oila jamiyat hayotiga kuchli ta’sir koʻrsatadi, qator
funksiyalarni bajaradi: farzand dunyoga keltirib, uni jamiyatga foydasi
tegadigan shaxs qilib yetishtirish, uy-roʻzgʻorda mehnat qilish, xoʻjalik
yuritish, oʻz a’zolarining jismoniy ehtiyojlarini qondirish, yosh avlodni tarbiyalash, ma’naviy va axloqiy-estetik
kamolotiga ta’sir koʻrsatish. Sharqda qadimdan oila
muqaddas Vatan hisoblangan, uning mustahkamligining darz ketishiga yoʻl qoʻymaganlar.
Shuningdek, «Avesto»da ham oila muqaddasligiga alohida
e’tibor berilib, nasl pokligi, tozaligiga katta ahamiyat qaratilgan. Oʻzbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, oilaga boʻlgan
e’tibor yanada oshdi. Oila fuqarolik jamiyatining,
davlatning eng muhim hujayrasi, zarrasi, boʻgʻini. Oila uch
jihatni: oʻzining bevosita koʻrinishi boʻlmish nikohni; oilaviy
mulk va anjomlar hamda ular haqidagi gʻamxurlikni;
bola tarbiyasini oʻz ichiga
oladi. Oila mustahkam, tinch va farovon, sogʻlom
boʻlsagina jamiyatda barqarorlik vujudga keladi (Falsafa lugʻat,
310-311 betlar).
Jamiyat (arab. - umumiy) – tabiatning bir qismi,
borliqning alohida shaklini ifodalaydigan falsafiy tushuncha; odamlar
uyushmasining maxsus shakli, kishilar oʻrtasida amal qiladigan koʻplab
munosabatlar majmuasi. Jamiyat oʻzida moddiylik va
ma’naviylikni, obyektivlik va subyektivlikni, tabiiylik va ijtimoiylikni
mujassamlashtiradi. Jamiyat gʻoyat murakkab ijtimoiy
organizmdir. U odamlar oʻrtasida amal qiladigan axloqiy, diniy,
siyosiy, iqtisodiy, huquqiy sohalari bir-biri bilan oʻzaro bogʻliq.
Har bir tarixiy davrda jamiyatning ma’naviy-intellektual salohiyati, siyosiy va huquqiy madaniyatiga muvofiq ravishda siyosiy boshqarish
usuli shakllanadi va amal qiladi. Demokratik davlat jamiyat
ma’naviy hayotini takomillashtirish, jamiyatning intellektual salohiyatini
rivojlantirish, ilm-fanni taraqqiy ettirish haqida koʻproq gʻamxoʻrlik
qiladi. Davlat jamiyat ma’naviyatining homiysi sifatida ta’lim-tarbiya
sohasida tub islohotlarni amalga oshiradi. Yuksak ma’naviyat
taraqqiyotning asosi. Ijtimoiy farovonlik va
ijtimoiy totuvlik komil inson shaxsini shakllantirishga, fuqarolik jamiyat
asoslarini yaratishga, huquqiy bilim va madaniyatni rivojlantirishga bogʻliqdir.
Fuqarolik jamiyat barpo etish, demokratik institutlarni
rivojlantirish, komil inson shaxsini shakllantirish demokratik jamiyat
taraqqiyotining bosh maqsadidir (Falsafa lugʻat, 123-124 betlar).
Jamiyat – kishilarning tarixan qaror topgan hamkorlik
faoliyatlari majmui. Jamiyatdagi hamma narsalar (moddiy va ma’naviy boyliklar, insonlar hayoti uchun zarur boʻlgan
shart-sharoitlarni yaratish va b.) muayyan faoliyat jarayonida amalga oshadi.
Insonlar faoliyati va ular oʻrtasidagi ijtimoiy munosabatlar jamiyatning asosiy mazmunini tashkil
etadi. Bular ishlab chiqarish, oilaviy, siyosiy, huquqiy, axloqiy, diniy,
estetik faoliyatlari va ularga mos keluvchi munosabatlardir. Jamiyat
moddiy ishlab chiqarishsiz boʻlmaydi. Unda insonlarning oziq-ovqat,
kiyim-kechak, uy-joy va boshqalarga boʻlgan
ehtiyojlari qondiriladi. Ishlab chiqarishda jamiyatning
tabiat bilan oʻzaro ta’siri namoyon boʻladi. Odamlar oʻzining
moddiy ishlab chiqirish faoliyatida irodasi va ongiga
bogʻliq boʻlmagan holda ishlab
chiqarish munosabatlariga kirishadi. Jamiyat taraqqiyoti
tabiiy-tarixiy, qonuniy jarayondir. Jamiyat hayoti
iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, madaniy-ma’rifiy sohalarga ajraladi. Iqtisodiy soha moddiy boyliklarni
ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol
qilishni oʻz ichiga oladi. Ijtimoiy
soha jamiyatdagi ijtimoiy guruhlar, tabaqalar, toifalar hamda ilmiy
birliklar, ularning ijtimoiy hayoti va faoliyatini uygʻunlashtiradi.
Siyosiy soha turli ijtimoiy
guruhlar, toifa va tabaqalar, milliy birliklar,
siyosiy partiyalar va harakatlar jamoat tashkilotlarining oʻz siyosiy
faoliyatini amalga oshiruvchi makon. Ularning faoliyati
jamiyatdagi oʻrnatilgan siyosiy munosabatlar asosida oʻz siyosiy
manfaatlarini amalga oshirishga qaratiladi. Ma’naviy sohada kishilar turli ma’naviy qadriyatlarni yaratadi,
tarqatadi va jamiyatning turli qatlamlari tomonidan oʻzlashtiriladi.
Bu sohaga adabiyot, san’at, musiqa asarlari bilan bir qatorda kishilarning
bilim saviyasi, fan, axloqiy me’yor va umuman olganda
jamiyat hayotining ma’naviy mazmunini tashkil etuvchi narsalar kiradi.
Aziz
talaba! Siz ham jamiyatdagi ijtimoiy
munosabatlarda faol ishtirok etib, jamiyatning faol a’zosi boʻlishga doimo
intiling, shundagina Vatan oldidagi burchingizni toʻla ado etgan boʻlasiz.
IJTIMOIY
MUNOSABATLAR
Ijtimoiy
munosabatlar – odamlar o‘rtasidagi turli aloqalar bo‘lib, bunday munosabatlar ularning birgalikdagi moddiy va
ma’naviy faoliyati natijasida qaror topadi. Ijtimoiy munosabatlar moddiy va ma’naviy munosabatlarga bo‘linadi. Moddiy ne’matlar
ishlab chiqarish jamiyatning yashashi va
rivojlanishining asosini tashkil etadi. Shu sababli ijtimoiy
munosabatlarning eng muhimi ishlab chiqarish, iqtisodiy munosabatlardir.
Ishlab chiqarish munosabatlari hamma boshqa ijtimoiy munosabatlarning siyosiy,
huquqiy, axloqiy, diniy va h.k. munosabatlarning
xarakterini belgilaydi (Falsafa lug‘at, 149-bet).
Ijtimoiy munosabatlar o‘z
navbatida moddiy va ma’naviy munosabatlarga boʻlinadi.
Endi ushbu munosabatlaga alohida to‘xtalamiz.
1. Ma’naviy munosabatlar.
2. Moddiy munosabatlar.
Ma’naviy munosabatlar natijasida kishilar
tomonidan ma’naviy qadriyatlar yaratiladi, tarqatiladi va
jamiyatning turli qatlamlari tomonidan oʻzlashtiriladi. Masalan,
bularga adabiyot, kino, musiqa sohasida yaratilgan asarlarni kiritishimiz
mumkin. Ushbu asarlar yaratilib, keng ommaga etib
bogach, uning natijasi sifatida kishilarning bilim saviyasi oshadi, axloqiy
fazilati yuksaladi.
Mamlakatimizda
har bir fuqoroning ma’naviy – ma’rifiy yuksalishlariga erishish davlatimiz
tomonidan amalga oshayotgan islohatlarning asosiy yo‘nalishlaridan birini
tashkil etar ekan, bu boradagi ishlarning tamal toshlari aynan oilada
qo‘yiladi. Jamiyat ma’naviyatning shakllantirish bilan
bog‘liq ishlar quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshiriladigan ta’lim va
tarbiyaning tadbirlar vositasida olib borilmoqda, bu albatta oila bilan ham
bog‘liqdir.
- mahallalar, oilalar va xotin - qizlar orasida amalga oshiriladigan
ma’naviy – ma’rifiy tadbirlar tarzida;
- maktabgacha tarbiya muassasalari, umumxalq maktablari, oliy
va o‘rta maxsus ta’lim o‘quvchi talabalari, yoshlar va boshqa toifadagi
fuqorolar o‘rtasida olib borayotgan tadbirlar;
- ommaviy axborot vositalari, matbuat vositasida amalga
oshirilayotgan ma’naviy – ma’rifiy tadbirlar;
- ma’naviy –
ma’rifiy ishlarni takomillashtirish, samaradorligini oshirish bilan bog‘liq;
ilmiy – nazariy, ilmiy – amaliy va ilmiy – metodik
yo‘nalishlarida tadqiqot ishlari olib borish, sotsiologik tadqiqotlar
o‘tkazish;
- xalqlar, millatlar, do‘stlik – birodarlik, ahillik,
totuvlikning ta’minlashga qaratilgan tadbirlar;
- madaniy – ma’rifiy, ijodiy tashkilotlar tomonidan aholining
ma’naviy – madaniyatlik darajasini oshirish, ularning bo‘sh vaqtini samarali
tashkil etish maqsadida amalga
oshirishning tadbirlari.
ISHLAB CHIQARISHGA
MUNOSABAT
Hech kim jamiyatdan tashqarida
kamolga yeta olmaydi. Har bir inson jamiyatda kamol topar
ekan, u kundalik faoliyatida turli darajadagi ijtimoiy munosabatlarda ishtirok
etadi. Shunday ekan talabalarda ham jamiyatga boʻlgan
ijobiy munosabatlari tarkib toptirish lozim.
Axloqiy
munosabatlar. Axloq jamiyatda kishilarning faoliyatini muvofiqlashtirib, ularni
insonparvar, ezgu, halol, adolatli munosabatlarga undaydi. Axloq jamiyat
va shaxs taraqqiyotini umumijtimoiy qadriyatlar
asosida amalga oshiradi. Shunday ekan talaba-yoshlarda ham axloqiy
munosabatlarni tarkib toptirish juda muhimdir. Buning
uchun talabalarni
kundalik faoliyatlari jarayonida atrofdagilar bilan axloq normalariga rioya
qilgan holda munosabatga kirishishlari talab etiladi. Bunda,
avvalo, talabalarga
muomala madaniyati, kiyinish odobi, yurish-turish qoidalariga, maxsus qabul qilingan oliy ta’limning
odob-axloq qoidalariga amal qilishlari uqtiriladi. Bu turli
hikmatli soʻzlar, hadislar, rivoyat va
xalqimizning milliy mentalitetiga xos boʻlgan odob-axloq normalari aks
etgan film lavhalaridan foydalanish orqali
amalga oshiriladi.